O‘zbekiston | 10:42 / 08.10.2022
2503
2 daqiqa o‘qiladi

Investorlarning davlat idoralari bilan ishlashi bo‘yicha soddalashtirilgan tartib joriy etiladi

Hukumatning “Investorlar maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va yagona direksiyalar hamda davlat idoralari bilan hamkorlik jarayonlari amalga oshirishi ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

2023 yil 1 yanvardan investorlar maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va yagona direksiyalar hamda davlat idoralari bilan hamkorlik jarayonlarini davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) amalga oshirishi soddalashtirilgan elektron tartibi joriy etiladi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi investorlar maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va yagona direksiyalar hamda davlat idoralari bilan hamkorlik jarayonlari avtomatlashtirilgan tizimi ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi:

  • investorlar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olishi;
  • muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilma tarmoqlariga ulanishi va tegishli ruxsatnomalar olishi;
  • maxsus iqtisodiy zona direksiyalari va yagona direksiyalar investorlar va ishtirokchilariga tijoriy xizmatlar ko‘rsatish;
  • investorlar va ishtirokchilari nomidan davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Adliya vazirligi:

  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ma’muriy reglament bo‘yicha davlat xizmatlarini YaIDXP orqali Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishini;
  • davlat xizmatlari markazlari xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda qo‘llash samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv-seminarlar o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda YaIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini monitoring qilib borish tartibini joriy etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid