Bu haqda Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, Yonhap axborot agentligi xabar berdi. Ammo raketaning qanday ekani noma’lumligi qayd etildi.
«Şimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon noma’lum ballistik raketani uçirdi», — deyiladi agentlik bayonotida. Bu sönggi ikki hafta içida yettinçi marta yuz bergan.
Raketa uçirilişiga Yaponiya ham e’tibor qaratdi. Mamlakat qirğoq xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga köra, raketa mahalliy vaqt bilan şanbadan yakşanbaga ötar keçasi uçirilgan. Xizmat vakillari mintaqadagi kemalarni raketa qoldiqlari topilgan taqdirda zudlik bilan rasmiylarga murojaat qilişga çaqirdi.
Mamlakat qirğoq xavfsizligi xizmati raketaning allaqaçon qulab tuşganini qayd qilgan. Biroq, uning qulab tuşgan joyi noma’lum.








