Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20 yanvardagi “Zakovat” intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantiriş va boşqa intellektual öyinlarni rivojlantirişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-96-sonli qarorida Xalq ta’limi vazirligi, Yoşlar işlari agentligi va “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat taşkilotiga özaro hamkorlikda Umumiy örta ta’lim maktablari öquvçilari örtasida “Zakovat” intellektual öyinini ötkaziş vazifasi yuklangan edi.

Uşbu qaror ijrosi doirasida mas’ul taşkilotlar ulkan masştabli turnirni a’lo darajada ötkazdi. Musobaqa uç bosqiçda (tuman, viloyat va respublika) bölib ötdi.

Joriy yilning 13 sentabridan boşlangan musobaqa dastlab tuman (şahar)lar darajasida bölib ötdi. Musobaqaning tuman bosqiçi bir hafta davom etib, uşbu bosqiç respublikamizdagi 8682 ta maktabni qamrab oldi va unda maktablarning 60774 nafar öquvçisi iştirok etdi. Har bir tuman (şahar)dan kuçli uçlikni egallagan jamoalar turnirning viloyat bosqiçiga yöl olişdi.

Şu yilning 28 sentabr kuni musobaqaning viloyat bosqiçi bölib ötdi. Uşbu bosqiç respublikamizdagi 14 ta hududdan jami 624 ta jamoani qamrab oldi. Uşbu jamoalarda jami 4368 nafar öquvçilar viloyat bosqiçida qatnaşdi. Viloyat bosqiçi öyinlari natijasida har bir hududdan uçtadan eng kuçli jamoalar respublika bosqiçi uçun saralab olindi.

Şunday qilib, 9 oktabr kuni Toşkent şahrida mamlakatimizning eng zukko maktablaridan kelgan 42 ta jamoa (294 nafar öquvçi) ğoliblik uçun bellaşdi.

His-hayajonga boy bölgan respublika bosqiçida quyidagi jamoalar ğolib böldi:

1-örin - Farğona viloyati Farğona tumanidan 36-sonli maktab jamoasi;

2-örin - Samarqand viloyati Nurobod tumanidan 11-sonli maktab jamoasi;

3-örin - Samarqand viloyati Paxtaçi tumanidan 12-sonli maktab jamoasi.

Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga hamda murabbiyiga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovğa qilindi.

Endilikda uşbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy tölov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Şuningdek, ularning har biriga bir öquv yili davomida har oy quyidagi miqdorda "Zakovat" stipendiyasi tölab boriladi:

1-örin: BHMning 5 baravari (1,5 mln söm, yil davomida jami 18 mln söm);