Myanma harbiy xuntasi sobiq boş vazir Aun San Su Çjini yana uç yilga qamoq jazosiga hukm qildi. Harbiy sud 77 yoşli siyosatçini ikkita korrupsiya işi böyiça aybdor deb topdi, har bir iş böyiça Su Çjiga uç yil berilgan, ammo u bu muddatlarni bir vaqtning özida ötaydi, şuning uçun u olti emas, balki uç yil panjara ortida qoladi, deb xabar berdi 12 oktyabr, çorşanba kuni axborot agentliklari vaziyatdan xabardor manbaga tayanib.
Ma’lumotlarga köra, Su Çji tadbirkorlardan biridan 550 ming dollar pora olganlikda aybdor deb topilgan.
2021 yil fevralidagi harbiy töntarişdan söng Aun San Su Çji bir neça bor turli ayblovlar bilan uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sobiq boş vazir tarafdorlari Su Çjiga qarşi barça sud jarayonlarini siyosiy sabablarga köra, deb hisoblaydi. U allaqaçon ratsiyalarni noqonuniy olib kiriş, koronavirusga qarşi çeklovlarni buziş va korrupsiyada aybdor deb topilgan.
Umuman olganda, Aun San Su Çji endi 26 yil qamoqda ötişi kerak böladi. Manbaga köra, Myanma sobiq boş vazirining soğligi yaxşi va navbatdagi hukm ustidan şikoyat qiladi.
Myanma harbiy xuntasi dissidentlarni şafqatsizlarça repressiya qilmoqda. Davlat töntarişidan söng dastlab Su Çji uy qamoğiga olinganji. Iyun oyida u Myanma poytaxti Neypidodagi qamoqxonaga köçirildi. Su Çjining taşqi dunyo bilan aloqalari juda çeklangan. Sobiq boş vazirning köplab tarafdorlari ham hibsda. Iyul oyida Myanmada Aun San Su Çji partiyasining sobiq deputati qatl etilgan edi.











