Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va AQShning Garvard universiteti hamkorligi
Xorijiy davlatlar bilan o‘zaro ilmiy-madaniy aloqalar ta’lim tizimining ravnaqiga xizmat qilishi muqarrar. Xuddi shu ma’noda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Mirzayev Bahodir Suyunovich va AQShning Garvard Universiteti Devis markazi direktori Mariye Altamore rahbarligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti va AQShning Garvard universiteti Devis markazi hamkorlikda ilmiy loyihalarni tayyorlash, talabalarni kredit mobillik almashuv dasturi, talabalar uchun yozgi va kuzgi maktablarni tashkil qilish hamda professor-o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish va o‘zaro almashinuv dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli masalalar kelishuviga erishildi.
Shuningdek, hozirgi geosiyosiy vaziyatda Yevrosiyo mintaqasi olimlarini O‘zbekiston universitetlari bilan o‘quv, ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi organ sifatida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti belgilab olindi. Hamkorlik rishtalari ikki tomonlama manfaatdorlik va do‘stona tarzda mustahkamlandi.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
15:31 / 24.06.2025
Milliy tadqiqot universitetida “Bitiruvchi - 2025” tadbiri o‘tkazildi
12:00 / 09.10.2024
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti yana bir nufuzli reytingda dunyoning TOP-1000 talik universitetlari safidan joy oldi
13:15 / 06.06.2024
TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti xalqaro reytingda 547-pog‘onani egalladi
14:00 / 25.10.2023