Milliy statistika qömitasi xabariga köra, 1 avgust holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 6 million 977 ming kişini, 1 oktyabr holatiga esa 6 million 995 ming kişini taşkil qilgan. Hisob-kitoblarga köra, 20 oktyabrga qadar Qirğizistonning yetti millioninçi fuqarosi dunyoga keladi.
Mamlakat Vazirlar Mahkamasi farmoyişiga muvofiq, respublikaning yetti millioninçi rezidenti tuğilişi munosabati bilan tadbirlar ötkaziş böyiça idoralararo komissiya tuzilgan.
«Respublikada keyingi yillarda sodir bölayotgan demografik jarayonlar aholi sonining yuqori sur’atlarda ösişi bilan ajralib turadi. Tuğiliş darajasi yuqoriligiça qolmoqda, bu esa aholining köpayişini ta’minlaydi. Taşqi migratsiya saldosi salbiy bölib turibdi, biroq sönggi yillarda uning körsatkiçi sezilarli darajada pasaygan», — deyiladi statistika qömitasi xabarida.
Qirğizistonning olti millioninçi fuqarosi Aylin Kojoşeva 2015 yil 25 noyabrda Öş şahrida, beş millioninçi fuqarosi Tinçtiqbek Quramayev 2002 yil 27 avgustda Bişkekda, tört millioninçi fuqarosi Qanikey Qayipova 1985 yil 27 mayda Öş viloyatining Qora-Suv tumanida tuğilgan edi.
«Şunday qilib, yetti million va olti million aholi örtasidagi farq yetti yilni, olti million va beş million aholi örtasidagi farq 13 yilni, beş million va tört million aholi örtasidagi farq 17 yilni taşkil qildi», deyiladi Milliy statistika qömitasi xulosasida.












