Özbekiston Maktabgaça ta’lim vazirligi mamlakatdagi barça fotosuratçilarni #wearethechildren (“Biz bolalarmiz”) tanlovida iştirok etişga çaqirdi. Bu haqda vazir Agrippina Şin iştirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Tanlovning saralaş bosqiçi 12-30 oktabr kunlari bölib ötadi. Tanlangan suratlar #wearethechildren Uzbekistan fototöplamining bir qismiga aylanadi va ularning mualliflari rağbat sifatida Parijdagi körgazma ekskursiyasida iştirok etiş imkoniyatiga ega böladi.
Körgazma uçun işlar professional fotograflar, UNESCO, Maktabgaça ta’lim vazirligi vakillari va konferensiya ambassadori, xonanda Lola Yöldoşevadan iborat ekspert hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olinadi.

“Konferensiya ambassadori böliş men uçun katta mas’uliyat va muhim vazifadir. Umid qilamanki, bu miqyosdagi anjuman mening auditoriyamni maktabgaça ta’limning mamlakatimiz uçun alohida ahamiyat kasb etişiga işontirişga yordam beradi”, – deydi xonanda Lola Yöldoşeva.
U körgazmani “barça mamlakatlarning bolalikni qanday tasavvur qilişimiz haqidagi juda samimiy madaniy muloqoti” deya ta’rifladi.
Maktabgaça ta’lim vaziri Agrippina Şinning ma’lum qilişiça, joriy yilda Özbekiston butun dunyo mutaxassislari uçun maktabgaça ta’lim muammolari va yönalişlari muhokama qilinadigan maydonga aylanadi.
Taşkilotçilar anjuman iştirokçilari soni 800 dan ortiq bölişini kutmoqda. Xususan, dunyo mamlakatlarining ta’limga mas’ul 193 nafar vazirlariga taklifnomalar yuborilgan. UNESCO boş direktori Odri Azulening ham taşrifi kutilmoqda.

“Tadbirdan maqsad – jahon hamjamiyati e’tiborini maktabgaça ta’lim bilan boğliq dolzarb masalalarga qaratiş, ilğor tajribalarimizni taqdim etiş, hamkasblar bilan tajriba almaşişdan iborat. Va, eng muhimi, 2030 yilgaça maktabgaça ta’lim sohasidagi xalqaro kun tartibini belgilab beruvçi bolalarni tarbiyalaş va ta’lim beriş böyiça Toşkent deklaratsiyasini imzolaş”, – dedi Agrippina Şin.
Konferensiya dasturi törtta asosiy mavzu atrofida tuzilgan:










