“Erkatoylar”

Avvalo, heç bir tadbirkor ijtimoiy vazifani bekorga egniga olmaydi. Uni bunga köndiriş uçun bir kompleks “qulayliklar” beriş kerak.

Boşqaça qilib aytganda, tadbirkor foydasini körişi, his qilişi kerak, öşandagina könadi bunga. Va bu tabiiy, axir, u öz nomi bilan – tadbirkor.

U bunga faqat bitta holatdagina rozi böladi – unga ALOHIDA mavqe berilsa: soliq imtiyozlari, “yuqori kabinetlarga kiriş” imkoniyati, hokimlar, prokurorlar, içki işlar va boşqalar ularning xizmatida bölişi va yana bir qança “qulayliklar” berilgandagina ular bunga rozi bölişadi.

“Qulayliklar”

“Mayli, qandini ursin, pul topsin va ijtimoiy vazifalarni bajarsin”, deyişingiz mumkin. Ammo holat siz öylaganday emas.

Mavqe sohibining yonini olaman deb prokuror ham, hokim ham, içki işlar boşliği ham qonunlarni buzişga majbur böladi. Buni körgan boşqa – mavqega ega bölmagan tadbirkorlar hayron: “Nega qonunlar buzilyapti?”

Oddiy tadbirkorlarning huquqlari buziladi va bu ularning faoliyatiga salbiy ta’sir etadi, ba’zida umuman töxtaydi faoliyat.

Va bu hali eng yomoni emas, eng yomoni – odamlarda adolatga, qonunlarga bölgan işonç öladi! Bu esa fojia! Milliy miqyosdagi fojia. Joylarda ma’naviy muhit buziladi, kayfiyat tuşadi, tadbirkorlik qiliş iştiyoqi pasayib ketadi, odamlar yönalişini yöqotib qöyadi: axir ular islohotlarga, qonun hamma uçun teng bölişiga işonayotgan edi-da. Hammasi öşa – kimgadir alohida mavqe berilgani sababidan.

Arziydimi?

Alohida mavqe berilganlar ijtimoiy vazifalarni neçoğlik bajaradi va bu biz aytgan salbiy oqibatlarni qoplaydimi?

Alohida mavqe qonunsizlikni keltirib çiqarişini va buning oqibatlari haqida gapirdik. Şuning özi hamma ijobiy natijalarni, şak-şubhasiz, “yutib yuboradi”.

Erkatoylar mavjud bölişining boşqa jihatlari haqida gaplaşamiz.

Qonun ustuvorligi xususiy biznesni jadal rivojlantiruvçi omil. Bunga heç qanday şubha yöq. Bu esa, öz navbatida, köplab işçi örinlari yuzaga kelişiga olib keladi. Va bunda işçi örinlarini öşa – sanoqli “erkatoylar” emas, ming-minglab tadbirkorlar öz manfaatini közlab, işçi örinlarni yaratişadi. Heç kim topşiriq bermasa ham. Tabiiy jarayon ölaroq.

“Hamma teng bölgan muhitda köproq işçi örinlari yaratiladimi, yoki kabinetlarga kira oliş hisobigami?” – degan savolga javob aniq: qonun ustuvorligi muhitida ming-minglab tadbirkorlar minglab işçi örin yaratişadi. Ularga haligi – “kompleks qulayliklar” kerak emas. Hokimlar-u prokurorlarga: “Bularga alohida yordam berasan” deyiş, bu bilan nosoğlom muhitni yaratiş kerak bölmaydi. Hammasi çiroyli keçadi.

Öşa, hozirda alohida mavqe berilganlar uçun ham bu foyda aslida: raqobat şaroitida ular öz ustida işlaydi. Bunda işlar ham toza böladi, vijdon ham toza turadi.

Masalan, hozir klasterlar qişloq xöjaligi kooperativlari faoliyatiga bor imkoniyatlarini işga solib, tösqinlik qilişayotganini kuzatyapmiz. Va bu hayratlanarli emas, çunki ular aynan alohida mavqe beriş bilan, “ijtimoiy vazifalarni bajaradi” deb tuzilgan tadbirkorlik sub’yektlari, va raqobat şaroitida işlaşi qiyin bölgan sub’yektlardir. Va, tabiiyki, ular alohida maqomlarini saqlab qolmoqçi bölişyapti. Ming xil usullarni işga solib.

Nima qiliş kerak?

Yeçim oddiy – heç kimga alohida maqom berilmasligi kerak.

Heç bir tadbirkorlik sub’yekti boşqa tadbirkorlik sub’yektlaridan ustun bölmasligi kerak. Hokim-u prokurorlar hammaga birdek, qonunda belgilangan tartibda xizmat qilişi kerak.

Masalan, klasterlar qişloq xöjaligi kooperativlari bilan raqobat qilib işlayverişsin. Kim fermerning könglini topa olsa, fermer öşanga boradi. Bu yagona töğri va samara keltiruvçi yöl. Davlat esa hammaga bir köz bilan qarasin, hammaga birdek yordam bersin, ajratmasin heç kimni.

Boşqa turdagi kompaniyalar ham xuddi şu – raqobat muhitida işlaşsin. Faqatgina şunday muhit samara keltirişini ilmiy tadqiqotlar isbotlab bölgan. Nega biz sinalgan tajribalarga, ilmiy isbotlab bölingan asoslarga suyanmaymiz? Balki samarasiz ekani isbotlab bölingan yöllardan yuryapmiz? Faqatgina raqobat, qonun ustuvorligi, tenglik bölgandagina rivojlaniş böladi.

Muvaffaqiyat sirlari izlab topilgan, tadqiq etilgan. Muvaffaqiyatsizlik sabablari ham topilgan, boşlar ğurra bölgan. Nega biz yana boşimizni ğurra qilyapmiz?

***

Dunyodagi vaziyat bizni eskiçasiga – sekin-asta emas, zudlik bilan rivojlanişimizni talab qilyapti. Xatoligi ilmiy isbotlangan yöllar esa bizni bir joyda toptalib turişimiznigina ta’minlaydi.

“Har bir tadbirkor teng!” degan şior bizga hozir havodek zarur.

Şundagina minglab tadbirkorlarning işi yurişadi, iqtisodiyotimiz rivojlanadi.

“Erkatoylar” esa bizni oldinga tortmaydi, ijtimoiy vazifalarni ular emas, soğlom iqtisodiyot şaroitida faoliyat yurituvçi minglab tadbirkorlar bajarib beradi. Topşiriqlarsiz, öz manfaatini közlab.

Şokir Şaripov