Andijon viloyati

Izboskanlik fermerning paxta ortilgan yuk maşinasi içki işlar xodimlari tomonidan noqonuniy töxtatilgan va paxtani tortib olişga uriniş bölgan. Bu haqda fermer Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Izboskan tumanida faoliyat yurituvçi “Samara savdo” köp tarmoqli fermer xöjaligi uç yil davomida “Sohibi omad barakasi” klasteri bilan şartnoma asosida faoliyat yuritib kelgan. Klaster şartnoma şartlarini vaqtida bajarmagani tufayli u 2022 yil hosili böyiça boşqa tumandagi klaster bilan şartnoma tuzgan.

“Biror marta pulimizni şartnoma böyiça töğridan töğri olmaganmiz. Yoki sudlaşib olamiz yoki vaqti ötib ketgandan söng berişadi pullarimizni. Hozirda ham klasterning 125 million atrofida qarzi mavjud. Sud qarorida ham bu belgilangan. Biroq haligaça pullarimizni olganimiz yöq”, – deydi fermer xöjaligi boşqaruvçisi Umarjon Abdurahmonov.

Izboskandagi klaster şartnoma şartlarini vaqtida bajarmagaç, fermer Baliqçi tumanidagi “Skorton Tekstil” MÇJ bilan paxta xomaşyosini yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzadi. Izboskan tumanidan Baliqçi tumaniga paxtani olib boriş uçun qariyb 50 km masofani bosib ötiş kerak edi. Şuning uçun paxtalarni katta yuk maşinasida olib borişni reja qiladi.

Yuk maşinasi Baliqçi tumaniga boriş uçun Oltinköl tumani hududidan ötişi kerak. Aynan mana şu hududda paxta ortilgan yuk maşinasi içki işlar xodimlari tomonidan töxtatiladi.

“Xususiy avtomobil bölgan ikkita Spark maşinasida yuk maşinamizning yölini qöpol ravişda tösib töxtatişdi – sal bölmasa, yöl-transport hodisasi yuz berardi. Formasiz yigitlardan biri maşinadan tuşib, yuk maşinasi haydovçisi oldiga çiqib oldi. Özini taniştirmagan, kimligini keyin bildik.

Oltinköl tumani içki işlar bölimi boşliğining birinçi örinbosari Jamşid ismli xodim bizga qöpol muomalada bölib, turli sözlar bilan haqorat qildi. Biz şartnoma böyiça paxtani olib ketayotganimizni, bizni töxtatib turişga haqqi yöq ekanini tuşuntirişga harakat qilişimiz samara bermadi. Qöllarimizni qayirib, maşinaga solib, tuman IIBga olib borişdi, tuşuntiriş xatlari yozdirib olişdi. Söng paxta topşiriş punktiga olib borişdi va yuk maşinamizdagi paxtani qaroqçilar singari tortib olişga urinişdi.

Şu vaqtda ukam kelib, telefonida tasvirga olib Jamşid ismli IIB boşliği örinbosaridan heç bölmasa özini taniştirişni söradi. IIB boşliği örinbosari ukamni ham kurakda turmaydigan sözlar bilan haqorat qilib, telefonini tortib oldi va xodimlariga kişan solib qamoqqa tiqişni buyurdi. 7-8 nafar xodimlar ukamni qöllarini qayirib, kişanlaşni boşladi. Ukamning kasali borligi uçun Jamşid ismli xodimga tuşuntirişga urindim. Şu vaqtda boşqa bir xodim kelib, ukamga işora qildi. Ukam jonholatda yerda yotardi. Tili içiga ketib qolgan ekan. Traktorçilardan biri kelib, qoşiq tiqib tilini tortib oldi. Biz tez yordam çaqirib uni viloyat şifoxonasiga olib bordik. Bir kunda zörğa öziga keldi. Agar öşa vaqtda traktorçining hayotiy tajribasi qöl kelmaganida, hozir boşqa masalalar haqida gaplaşib turgan bölişimiz mumkin edi.