Rossiya prezidenti Vladimir Putin ötgan haftada safarbarlik taxminan ikki hafta içida yakunlanişini aytgandi. 1 noyabrdan Rossiyada muddatli harbiy xizmatçilarning kuzgi çaqiruvi boşlanadi.

Şahar rahbarining harbiy yoşdagi moskvaliklarga aytgan asosiy yangiligi şundan iboratki, yaşaş joyiga va korxonalarga yuborilgan çaqiruv qoğozlari endi öz kuçini yöqotadi.

«Safarbar qilinganlarni yiğiş punktlari 2022 yil 17 oktyabr kuni soat 14:00 da yopiladi», deb yozdi Sobyanin öz blogida.

Mulozim buni Mudofaa vazirligining Moskvadagi safarbarlik böyiça topşiriği «töliq bajarilgani» bilan izohladi. U moskvaliklarning qançasi safarbar qilingani haqida aniq ma’lumot bermadi.

Avvalroq Rossiyaning kamida qirqta hududi rahbari Mudofaa vazirligi topşiriği töliq bajarilgani haqida hisobot bergan, biroq u yerlarda safarbarlik töxtamagan edi.

Reydlardan keyin safarbarlikning bekor qilinişi

Moskvada safarbarlik oblastlardagi kabi ommaviy bölmadi, deydi kuzatuvçilar. Ammo sönggi paytlarda rasmiylar safarbar etilganlarni izlaşni kuçaytirdi.

Ötgan haftada Moskvada metro bekatlari yaqinida, Sankt-Peterburgda esa turar joy binolarida harbiy yoşdagi erkaklarga nisbatan politsiya «reydlari» ötkazildi, ular uşlanib, harbiy komissariatlarga çaqiruv qoğozlari tutqazildi. Mojarodan keyin bu amaliyot hatto hukumat vakillari tomonidan ham tanqid qilindi.

Putin 21 sentabr kuni Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilgandi. Çeklangan xarakterga ega bölişiga qaramay, jangovar tajribasi bölmagan va kasalliklarga çalingan keksa odamlar ham safarbar qilindi. Putinning özi safarbarlikdagi xatolarini tan oldi, lekin buni katta muammo deb atamadi.

Putinning safarbarlik töğrisidagi farmonida uning qaysi muddatlarda amalga oşirilişi körsatilmagan. Safarbar qilinişi kerak bölganlar soni yaşirildi. Biroq, mudofaa vaziri Sergey Şoygu 300 ming kişini çaqiriş rejalari haqida gapirdi (bu orada OAV 1 milliondan ortiq odam safarbar etilişi mumkinligi haqidagi farazlarni ilgari surdi).

14 oktyabr kuni Putin safarbarlik «taxminan ikki hafta» içida yakunlanişi mumkinligini aytdi. «300 mingdan 222 ming nafari allaqaçon harbiy qismlarda tayyorgarlik jarayonida, 33 ming nafari jangovar qismlarda, 16 ming nafari esa jangovar topşiriqlarni bajaruvçi qismlarda», dedi Rossiya prezidenti.