Bugun, 20 oktyabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universitetining Elektr energetikasi fakulteti qoşida taşkil etilgan öquv markazining foydalanişga topşirilişiga bağişlangan marosim bölib ötdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, yangi öquv markazi elektr tarmoqlarini loyihalaştirişga möljallangan zamonaviy IT-xonasi, “ASKUE” fanidan laboratoriya maşğulotlari uçun zamonaviy laboratoriya xonasi va “Elektr ta’minoti” öquv poligonidan taşkil topgan.

Öquv markazi doirasida taşkil etilgan öquv xonalari bugungi kunda işlab çiqarişda amalda qöllanayotgan zamonaviy dasturlar texnik qurilmalar bilan boyitilgan bölib, bularning barçasi energetika sohasi uçun malakali va sifatli kadrlar tayyorlaşga asos bölib xizmat qiladi.

Öquv markazini taşkil etişdan maqsad – talabalarning mutaxassislik fanlari böyiça olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlaş, sohada qöllanilayotgan qurilmalarning işlaş prinsiplari, ularning turlari böyiça amaliy tasavvurga ega böliş imkoniyatini beriş hamda Özbekiston elektr tarmoqlarini zamonaviy DigSilent dasturi yordamida raqamli modelining yaratilişi munosabati bilan talabalarning mazkur dastur bilan işlaş könikmasini şakllantiriş, elektr energetika tizimlarini loyihalaş bilan boğliq loyihalarga professor-öqituvçilar va iqtidorli talabalarni jalb etiş hamda elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasining hisobi va nazoratining avtomatlaştirilgan tizimlari, jumladan, maişiy iste’molçilar hamda sanoat korxonalarida elektr energiya iste’moli hisobi va nazorati tizimlarini taşkil etiş jarayonlari bilan taniştiriş va mazkur tizimlarni quriş könikmasini şakllantirişdan iborat.

Mazkur öquv markazi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida foydalanişga topşirilgan bölib, mazkur loyihalar 2021 yilda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan Toşkent davlat texnika universiteti hamkorligida ötkazilgan konferensiya doirasida imzolangan hamkorlik töğrisidagi Memorandum hamda 2021-2026 yillarda “Elektr ta’minoti sohasi uçun malakali mutaxassislar tayyorlaşning yöl xaritasi” ijrosi doirasida amalga oşirildi.