Sentyabr oyida maktab darsliklarining ijara narxi 2-3 barobar qimmatlaşgaç, jamoatçilik, xususan Kun.uz bu darsliklarning katta qismini bitta xususiy kompaniya çop etayotganiga e’tibor qaratgan edi.

2022 yilda darsliklarni naşr qiliş böyiça ötkazilgan tenderda “Kolorpak” MÇJ kamida 16 ta lotda ğolib bölib, salkam 14 mln dona kitobni yetkazib berişni zimmasiga olgan.

Maktablarda darsliklar ijarasi töliq budjetga ötkazilganidan keyin bu mavzu jamoatçilik muhokamasi kun tartibidan tuşgandek bölgandi. Prezident administratsiyasi rahbarining topşiriği asosida 1 oy muddatda darsliklar böyiça tizimni tanqidiy körib çiqiş belgilangan edi. Oradan 1 oydan köproq vaqt ötdi va hozirça bu borada biror yangilik bölganiça yöq.

Keça, 18 oktyabr kuni ColorPack kompaniyasi özining darsliklar naşr etiş faoliyati yuzasidan press-tur taşkil qildi. Tur söngida korxona rahbariyati bilan matbuot anjumani bölib ötdi.

Muzaffar Mirzahmedov, “Kolorpak” MÇJ rahbari

Korxona rahbari Muzaffar Mirzahmedovning sözlariga köra, darsliklar ijarasi narxining oşişiga asosiy sabab – xomaşyo, ya’ni qoğozning qimmatlaşganidir. Bu esa Ukrainadagi uruş bilan boğliq: uruş natijasida logistika zanjirlari uzilgan, buning ustiga Yevropa davlatlarining Rossiyaga kiritgan sanksiyalari vaziyatni oğirlaştirgan.

“Şuning hisobiga Yevropa Rossiyadan sellyuloza sotib olişi qiyinlaşdi, Rossiya esa Yevropadan qoğozlar uçun ximikatlar olişda tösiqlarga uçramoqda. Buning oqibatida esa qoğozlar narxlari keskin oşib ketdi. Qoğozlarning kilosiga 18 ming sömdan boşlab, 35-40 ming sömgaça söraşadi. 2020 yilning hisobidan aytsak, qoğoz narxi 60-70 foizga qimmatlaşdi”, – deydi u.

Kun.uz “Kolorpak” ta’sisçilaridan biri bölmiş Ismoil Isroilov Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning jiyani bölişi mumkinligi haqida