Mazkur qoidalar bilan elektr energetikasi obektlariga kiruvçi uskunalar, qurilmalar, bino va inşootlar işlaşini taşkil etuvçi va nazorat qiluvçi korxonalar xodimlari, elektr energetikasi obektlarida quriliş-montaj, sozlaş, işga tuşiriş hamda ta’mirlaş işlarini bajaruvçi xodimlar bilan işlaş tartibi belgilandi.

Xodimlar, şu jumladan, rahbar xodimlar öz kasbi va iş turi böyiça sanoat va yonğin xavfsizligiga oid amaldagi qoidalar, me’yorlar va yöriqnomalar böyiça bilimlari sinovdan ötkaziladi.

Zararli yoki xavfli mehnat şaroitlari bilan boğliq oğir işlarda işlaydigan xodimlar dastlabki va davriy tibbiy körikdan ötkaziladi. 

Xodimlar bilan işlaş yillik rejalarga muvofiq taşkil qilinadi va amalga oşiriladi. Xodimlarni (mutaxassislarni) tayyorlaş va ular malakasini oşiriş jarayonlarini boşqariş korxona boş muhandisiga yuklanadi.