Vazirlar Mahkamasining “Qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalaridan foydalaniş hamda davlat xizmatlari körsatişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha respublikada qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalari böyiça davlat xizmatlarini körsatişda byurokratizm, sansalorlik va boşqa ma’muriy tösiqlarni bartaraf etiş, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartiriş, aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan tegişli ma’lumotnoma yoki hujjatlarni talab qilişni bekor qiliş maqsadida işlab çiqilgan.

Işlab çiqaruvçi yoki maxsus savdo taşkilotlari (texnika işlab çiqaruvçi korxona, uning vakili yoki vositaçi taşkiloti) tomonidan beriladigan maxsus blankdagi “Hisob-ma’lumotnoma” asosida davlat röyxatiga oliş, ma’lumotlarni va xizmat körsatişga oid ayrim hujjatlarni jismoniy va yuridik şaxslardan emas, balki manfaatdor idoralar tegişli dasturlaridan integratsiya yöli bilan oliş yölga qöyilmoqda.

Inspeksiya jismoniy va yuridik şaxslarga davlat xizmatlarini qulay va oson şakllarda körsatiş kölamini yanada oşiriş va fuqarolar idorama-idora sarson bölib yurişi oldini oliş maqsadida, davlat xizmatlarini körsatiş ma’muriy reglamentlari alohida-alohida tasdiqlanmoqda.

Jismoniy va yuridik şaxslarning masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş maqsadida, xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali körsatiş va texnikalar hisobini elektron tarzda yuritiş tizimlari joriy etilmoqda.

Texnikalarni davlat röyxatiga oliş va texnik körikdan ötkazişning muddatlari qisqartirilmoqda. Tölovlarni barça mavjud tölov tizimlari hamda yagona billing tizimi orqali tölaş imkoniyati yaratilmoqda.

2023 yil 1 sentabridan boşlab jismoniy şaxslarga tegişli bölgan 100 ot kuçigaça quvvatga ega qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl quriliş texnikalarini texnik körikdan ötkaziş faoliyatini amalga oşiriş huquqi tadbirkorlik sub’yektlari — yuridik şaxslarga berilmoqda, talonlarni beriş amaliyotidan voz keçilmoqda.

Qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalaridan foydalaniş sohasida davlat xizmatlari körsatiş tizimi yanada takomillaştirilmoqda.

Qaror loyihasi qabul qilinişi yuridik va jismoniy şaxslarga vaqtini tejaş, ularga qulaylik yaratiş, murojaat qiliş böyiça Davlat xizmatlari markazlari, onlayn tarzda YaIDXP orqali foydalaniş imkoniyatini yaratadi.