Germaniya endi oğir harbiy texnikani Ukrainaga taqdim etmaydi. Bu haqda 12 oktyabr, şanba kuni Germaniyaning Bild naşri Germaniya mudofaa vazirligidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Jurnalistlar tayangan vazirlikning içki hujjatidan körinib turibdiki, texnikalarni Kiyevga topşiriş «tugallangan». Naşrning qayd etişiça, 18 ta Leopard 2 tanki yetkazib berilgandan keyin Bundesverda 300 ga yaqin tank qolgan. Xuddi şu narsa zirhli transport vositalari va öziyurar gaubitsalarga ham tegişli, deb yozadi Bild. Şu bilan birga, Berlin «Ukraina tez orada qarşi hujumni amalga oşirişi mumkinligiga işonmaydi».

Germaniyada Rossiyaga dastgohlar yaşirinça yetkazib berilgani foş qilindi

Rossiyaga qarşi joriy etilgan sanksiyalarga qaramay, bu mamlakatga öq-dorilar yoki transport vositalari uçun butlovçi qismlar işlab çiqarişda işlatilişi mumkin bölgan nemis dastgohlari kelişda davom etmoqda. Bu haqda Germaniyaning SWR telekompaniyasining 10 oktyabr kuni bojxona hujjatlari, şuningdek, fotosuratlar va videolar tahlil qilingan suriştiruvida aytiladi.

2023 yilda Ukrainaga qarşi uruşni davom ettirayotgan Rossiya sanksiyalarni çetlab ötib, nemis işlab çiqaruvçilaridan 300 dan ortiq kompyuterda boşqariladigan avtomatlaştirilgan maşinalarni oldi, deya xabar beradi jurnalistlar bojxona hujjatlariga tayanib. Bunday maşinalar töliq avtomatik ravişda, masalan, pölatni kesiş, metall plitalarni egiş yoki metall qismlarni payvandlaş imkonini beradi. Material mualliflarining fikriga köra, uşbu raqamli dasturiy boşqaruv maşinalarisiz avtomobillar, samolyotlar va öq-dorilarni işlab çiqarişni «deyarli tasavvur qilib bölmaydi».

Jurnalistlar Ukraina Iqtisodiy xavfsizlik kengaşining katta tahlilçisi Yelena Yurçenkoning ma’lumotlariga tayanib, Rossiyadagi raqamli dasturiy boşqaruv maşinalarining 80 foizi hozirda harbiy işlab çiqariş uçun işlatilişini bildirdi. «Raqamli dasturiy boşqaruv maşinalari bilan ular juda tez va aniqroq işlab çiqarişlari mumkin, bu ayniqsa qurol sanoatida juda muhim, bu ularga yanada halokatli qurollarni işlab çiqariş imkonini beradi. Germaniya esa bu dastgohlarni işlab çiqarişda yetakçi hisoblanadi, uning Rossiya bozoridagi uluş 30 foizgaça», — dedi ukrainalik ekspert.