«Yaqqol Putinga qarşi kayfiyat»

«Safarbarlik moskvaliklar oilalari uçun katta sinov böldi. Kimningdir otasi, kimningdir öğli, yana kimningdir eri bugun jangovar armiyaga ketmoqda. Şunga qaramay, qisman safarbarlik vazifasini bajariş, birinçi navbatda, moskvaliklarning mas’uliyatliligi, burç hissi va vatanparvarligi tufayli amalga oşdi», dedi Sergey Sobyanin.

Şu tariqa, 2022 yil 17 oktyabrda Moskva meri Sergey Sobyanin şaharda «qisman» safarbarlik yakunlanganini e’lon qildi. U endilikda yuborilgan çaqiruv qoğozlari öz kuçini yöqotişini ta’kidladi.

Avvalroq poytaxtdagi safarbarlik rejasi taxminan 16 ming kişini qamrab olişi aytilgandi.

Sobyanin öz bayonotida «qisman safarbarlik böyiça topşiriqlar töliq bajarilgani»ni ta’kidladi (ammo, safarbarlikni tugatiş uçun heç qanday huquqiy kafolat, xususan biror normativ hujjat yöq, jumladan Vladimir Putinning maxsus farmonida ham bu haqda aytilmagan).

17 oktyabr kuni keçqurun Moskva oblasti rahbari Andrey Vorobev ham «qisman» safarbarlik tugaganini e’lon qildi. «Biz Mudofaa vazirligi topşiriğini töliq bajardik. Çaqiruv qoğozlarini yuboriş töxtatildi, uni olib bölganlar esa harbiy komissariatga kelmasligi mumkin», — degan Vorobev.

Hammasi bölib, Rossiyaning öttizga yaqin hududlari «çaqiruv tugagani» haqida xabar berdi.

«Meduza» naşrining Kremlga yaqin bölgan ikki manbasiga köra, Moskvada «safarbarlikni töxtatişga qaror qilingan», çunki hukumatning baholaşiça «poytaxt aholisining hafsalasi pir bölgan».

Ularning qayd etişiça, oktyabr oyining birinçi yarmida poytaxtda harbiy xizmatga yaroqlilarni «ovlaş» uçun ötkazilgan reydlardan keyin aholining safarbarlikka munosabati yanada yomonlaşgan.

«Odamlar haqiqatdan yaşirindi. Ular qörquvga tuşdi va kelajakka işonçni yöqotdi. Köpçilik ketdi. Qörquv va norozilik darajasi faqat oşdi. Moskva butunlay boşqa şaharga aylandi. Metro yaqinidagi otlar bilan uyuştirilgan sirk allaqaçon töxtatilişi kerak edi», — deydi naşr suhbatdoşlaridan biri.

Uning sözlariga köra, harbiy xizmatga çaqirişning bu usuli kuçişlatar tizimlarda, birinçi navbatda Mudofaa vazirligida «ixtiro qilingan».