Yevropa ittifoqi bilan investitsiya, savdo, fan-ta’lim, ekologiya, turizm va boşqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlaş va rivojlantirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar turli daraja va şakllarda rejalaştirilgan tadbirlar, jumladan, 2022 yil 17-18 noyabr kunlari Samarqand şahrida bölib ötadigan «YeI – Markaziy Osiyo» formatidagi vazirlar yiğilişi va Barqaror rivojlaniş uçun «Global darvoza» mavzusidagi özaro boğliqlik böyiça xalqaro konferensiya taşkiliy jihatlari yuzasidan fikr almaşdi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi. 2022 yil yanvar-sentabr oylarida YeI mamlakatlari bilan özaro savdo hajmi 3,13 milliard AQŞ dollarini taşkil etib, ötgan yil şu davriga nisbatan 14,8 foizga ösgani kuzatildi. Iqtisodiy diplomatiyani faollaştiriş va investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça takliflar muhokama qilindi.