Rossiya armiyasi Xersonni öz nazoratida saqlab qola oladimi?
|04:31 / 22.10.202250 32914 min
Ukrainadagi Rossiya qöşinlari qömondonligi tomonidan e’lon qilingan «nooddiy qarorlar»ning uç varianti haqida.
Foto: TASSFoto: TASS
Rossiyaning Ukrainadagi qöşinlarining yangi qömondoni general Sergey Surovikin bir neça kun oldin Rossiya televideniyesi uçun özining dastlabki dasturiy bayonotini berdi. Uning çiqişining katta qismi Xerson oblastidagi vaziyatga bağişlangan, bu hududda mahalliy rasmiylar tinç aholini Dneprning öng sohiliga evakuatsiya qilişga kirişgan. Surovikin oblastda vaziyat murakkablaşgani, Dnepr ustidan ta’minot ukrainlarning muntazam raketa zarbalari tufayli töxtab qolganini tan olgan. «Eng qiyin qarorlarga qöl urilişi istisno etilmaydi», — dedi general. Şundan keyingi kuni Vladimir Putin bosib olingan hududlarda «harbiy holat» e’lon qildi, unga köra mahalliy aholi majburan köçirilişi ham nazarda tutiladi. «Meduza» Rossiya qömondonligi Dneprning öng sohilidagi guruhning murakkab vaziyatidan kelib çiqqan holda qanday «murakkab qarorlar» qabul qilişi mumkinligini tahlil qildi.
Xerson atrofida rossiyaliklar uçun qanday «oğir vaziyat» şakllangan?
Şahar (oblastning şu nomdagi markazi), şuningdek uning atrofidagi bir qança rayonlar Dneprning ğarbiy (öng) sohilida joylaşgan. Oktyabr oyi boşida Rossiya tarkibiga qöşib olingan Xerson oblastining katta qismi esa şarqiy sohilda joylaşgan, RF qurolli kuçlarining Ukraina janubidagi barça guruhlarining asosiy ta’minot bazalari ham (ularning bir qismi Qrimda).
Bunday geografik öziga xoslik oldingi çiziqdagi Rossiya bölinmalarining qiyin pozitsiyasini belgilaydi, ular bu yerga mart oyidayoq kelib qolişgandi. Öşanda Qrimdan harakatlangan havo-desant kuçlari, dengiz piyodalari va motoöqçilardan iborat bir neça kuçaytirilgan batalonlar ukrainlar mudofaasi qulaşidan foydalangan holda Xersonni egallagan va bir neça yönalişda ilgarilagandi:
ğarbga (Mikolayiv şahri çekkalariga);
şimoli-ğarbga (Yujnyy Bug daryosida Voznesensk şahri yaqinida ötgan köprik tomon);
va şimolga (Krivoy Rog şahri atroflariga).
Asosiy yuriş yönalişi Voznesensk bölgandi, Rossiya qömondonligi bu yerdan qöşinlarni Odessa tomon taşlaşni möljallagandi. Barça guruhlarning ta’minoti bir neça köpriklar orqali amalga oşirilardi: Xerson yaqinidagi Antonov avtomobil köprigi, unga yondoş ötgan temiryöl köprigi va 50 kilometr şarqda Nova Kaxovkadagi GES töğonidan ötgan ikkitalik (avtomobil va temiryöl) yöl.
Ammo mart oyidayoq bunday ambitsiyali yurişlar uçun kuç yetişmasligi ayon bölib ulgurdi. RF qurolli kuçlarining zaxiralarini bu yönalişlarga darhol taşlaş imkoni bölmadi va qöşinlar Mikolayiv, Voznesensk va Krivoy Rogdan Xerson oblasti çegaralariga çekinişiga töğri keldi. Bu yerda (şuningdek Mikolayiv oblastining Snigirevka şahri atrofidagi platsdarmda) ular uzoq muddat uçun möljallangan mudofaa istehkomlari qurişga kirişdi. Geografik joylaşuv bu hududda himoyalanişni qulaylaştirardi: bu hudud örmonzorlar deyarli uçramaydigan keng daştlardan iborat bölib, yuriş qilayotgan tomon yaşirinça harakatlanişining imkoni yöq; mudofaa liniyasining katta qismi Ingulets daryosi yoqalab joylaşgan.
Mavzuga oid
Ukraina qurolli kuçlari daryoni keçib ötişga yozdayoq urinib körgan, ammo katta yöqotişlarga uçragandi. Jiddiy suv tösiqlar bölmagan Mikolayiv tomondan yuriş qiliş ham muvaffaqiyatsizlikka uçradi: Rossiya aviatsiyasi va artilleriyasi yalanğoç daştlar böylab harakatlangan bölinmalarni osonlik bilan öqqa tutdi. Front köp vaqtga barqarorlaşdi, Rossiya qömondonligi esa iyul va avgust oylarida öng sohilga kattagina qöşimça kuçlar olib keldi.
Şundan keyin Ukraina qurolli kuçlari yangi taktika qöllaşga ötdi: rossiyaliklar pozitsiyalariga röparadan hujum qiliş örniga ular Rossiya guruhlarining öq-dori omborlari va logistikasini rejali tarzda yöq qilişga kirişdi. Avgustga qadar buning imkoni yöq edi: ukrain armiyasida uzoq masofaga aniq harakatlanuvçi qudratli öt oçiş vositalari mavjud emasdi. Ammo yoz davomida Ukraina qurolli kuçlari uçun front çiziğidan ança içkaridagi nişonlarga aniq zarba berişga qodir bölgan HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimlari yetib keldi — GPS orqali yönaltiriladigan 90 kilogrammlik raketalar qariyb 90 kilometrga uçib borişi mumkin.
Raketa zarbalarining asosiy nişoni aynan köpriklar böldi. Bunday öq-dori bilan köpriklarni butkul vayron qiliş imkonsiz edi, ammo rossiyalik muhandislar köp vaqt sarflab yölni ta’mirlaşi bilan Ukraina qurolli kuçlari bir zumda uni işdan çiqaraverdi. Oktyabr oyi örtalariga kelib Antonov köprigi böylab harakat butunlay töxtatilgan, Xerson bilan temiryöl qatnovi ham yöq, Nova Kaxovkadagi GES töğoni böylab örnatilgan vaqtinçalik köpriklar orqali yuk maşinalari qatnaşi mumkin, ammo ular ham zarba ostida bölib turibdi.
Sönggi oylarda Dneprning öng qirğoğidagi qöşinlar ta’minoti — xuddi Xersondagi tinç aholiniki kabi — paromlar va katerlar vositasida amalga oşirildi. Ukraina qurolli kuçlari ularga ham zarbalar berişga urinib kördi, ammo bu urinişlar hamişa ham muvaffaqiyatli çiqavermadi: baravar öt oçiş reaktiv tizimlarining GPS orqali yuqori aniqlikda yönaltiriladigan raketalari harakatlanuvçi nişonlarni yöq qilişda u qadar samarali emas. Şunga qaramay, harbiylarning paromlari bir neça bor zarbaga uçradi.
Ammo eng asosiysi, bunday transport orqali taşiş hajmi juda past (köpriklarniki bilan soliştirganda). Rossiya qömondonligi bunday vositalar sonini keskin köpaytira olmadi: buning uçun transport vositalari yetişmaydi (RF qurolli kuçlari mahalliy biznesmenlardan bir qança barjalarni tortib olib, keçuv uçun işlatgani ma’lum). Bundan taşqari, Xerson va uning atrofida qolgan yuz minglab kişilar (uruşga qadar bu yerda 300 ming kişi yaşagan, ammo köpçilik rossiyaliklar nazoratidagi hududni tark etgan) uçun ham oziq-ovqat va boşqa zarur vositalarni yetkazib beriş talab etilardi.
Yakunda Rossiya qömondonligi platsdarmdagi guruhni aytarli darajada kuçaytira olmadi: hozirgidan bir neça barobar köp sondagi qöşin — ön minglab askarlar uçun şunçaki öq-dori, texnika va oziq-ovqat yetkazib beriş uçun yetarli imkoniyat bölmaydi. Bunday şaroitda Ukraina qurolli kuçlari muvaffaqiyatli hujum qilişi uçun kerak bölgan iş — şunçaki son borasida rossiyaliklarnikidan ança köproq guruhlarni yiğiş edi.
Bunday guruh jamlangan, ammo yurişning birinçi oyida (avgust oyi oxiridan oktyabr oyi boşiga qadar) ukrain qöşinlari u qadar muvaffaqiyatga erişa olmadi: Ingulets orqali yorib kirgan qöşinlar daştlikda RF qurolli kuçlari tomonidan töxtatildi, ularga artilleriya va aviatsiyadan tinimsiz öt oçildi. Ukraina qurolli kuçlari bir qança qişloq va posyolkalarni ozod etişdi, ammo ular Dneprgaça yetib kela olişmadi.
Oktyabr oyi boşida ukrain qömondonligi taşabbus (ya’ni hal qiluvçi hujum uçun joy tanlaş imkoniyati) va son borasidagi ustunlikdan foydalanib, rossiyaliklar mudofaasidagi zaif nuqtani topa oldi: Dnepr yoqalab joylaşgan pozitsiyalarga zarba berildi, bu hududda Qrimdan kelgan va avvalgi janglarda holdan toygan motoöqçilar mudofaalanayotgandi. Front çiziği bir neça ön kilometrga yorib kirildi. Yakunda platsdarmning şimoliy uçastkasidagi barça Rossiya qöşinlari yangi mudofaa liniyasi taşkil etiş uçun çekinişga majbur böldi.
Sönggi haftalarda bu liniya böylab lokal janglar keçmoqda. Rossiya manbalari buni «Ukraina qurolli kuçlari hujumlari» deb atamoqda, ammo Ukraina tomoni faol harbiy harakatlar olib borilayotganini inkor etmoqda. RF qurolli kuçlari «dalillar» keltirgan — ukrain texnikalarining zarbaga uçragan bir qança kolonnalarini. Nima bölganda ham, Ukraina armiyasi ikki haftadan buyon bu hududda yirik muvaffaqiyatlarga erişgani közga taşlanmadi.
Ammo umumiy vaziyat rossiyaliklar guruhi uçun yomonlaşişda davom etmoqda. Ukraina qurolli kuçlari taşabbusga egalik qilmoqda; ta’minotdagi muammolar tufayli RF qurolli kuçlari guruhini kuçaytiriş imkoni yöq. Uzoq istiqbolda bu guruh holati umidsiz körinadi: safarbar qilinganlardan iborat katta guruhlar frontga taşlanişi ham yordam bera olmaydi. Ertami keçmi ukrain qöşinlari muvaffaqiyatli qarşi hujum ötkazişi tayin (oktyabr oyi boşidagi kabi). Xersondagi Rossiya qöşinlarini qutqarişi mumkin bölgan yagona narsa — umuman uruşda taşabbusni qölga oliş, ya’ni RF qurolli kuçlari boşqa frontlarda yirik hujumga ötib, Ukraina qömondonligining e’tiborini şu jabhalarga tortib, Xersondagi hujumlarni töxtatişga majbur qiliş hisoblanadi (hozirça körinib turibdiki, bunday hujum boşlaş imkoni yöq).
Surovikin qanday «qiyin qarorlar»ni nazarda tutgan bölişi mumkin?
1. Platsdarmdan qöşinlarni evakuatsiya qiliş
Harbiy nuqtayi nazardan bu eng mantiqiy qarordir: Dneprning öng sohilidagi kuçlar nisbatini özgartiriş imkonsiz; guruh endi Mikolayiv va Odessaga hujum qila olmaydi, şu tufayli uni yarim qurşov holatida saqlab turişdan ma’no yöq. Xerson platsdarmidagi jangovar qöşinlar Dneprning çap sohilini himoya qiliş uçun va Qrimga yaqin joylaştiriş harbiy nuqtayi nazardan platsdarmda qoldirişdan köra muhimroqdir. Ukraina qurolli kuçlari Dneprni osonlik bilan keçib öta olmaydi, bu katta daryo yoqalab mudofaa çiziği yaratiş uçun esa daştdagi janglar uçun talab qilinganidan köra köproq kuçlar kerak.
Bunday qaror qabul qilinişiga siyosiy omillar xalal berib keladi: Xerson şahri — bosqin boşlanganidan buyon egallangan yagona oblast markazidir, Ukraina şarqi va janubidagi hududlar annexia qilingaç, u «RFning yangi regionlari»dan birining poytaxtiga aylandi. Bundan taşqari, heç bölmaganda yozning oxiriga qadar Kreml uçun uruşning maqsadlari orasida Odessani egallaş ham bor edi. Daryoning öng sohili taşlab ketilgan taqdirda RF hukumati bunday rejadan butunlay voz keçişiga töğri keladi (daryodan yana keçib ötiş imkoni bölişi dargumon — Ukraina armiyasi qarşilikni davom ettirar ekan, bunga umid qilmasa ham böladi).
Ammo barçasi şuni körsatmoqdaki, Surovikinning «qiyin» qarori (siyosiy nuqtayi nazardan) aynan evakuatsiya böladi, avvaliga Xersonning rossiyaparast aholisini, keyin qöşinlarni — öng sohildan olib ketiş. Katta ehtimol bilan, general qömondonlik uçun birinçi galda — tinç aholi (Rossiyaga moyil bölgan) va RF qurolli kuçlari harbiy xizmatçilarining hayoti turişini aytganida aldamagan, ayniqsa harbiylarda hududni saqlab qoliş imkoni bölmagan holatda.
2. Hozirda ta’minoti davom ettirilişi kerak bölgan tinç aholini evakuatsiya qiliş — va platsdarm ölçamini Xerson va Berislavdagi (Nova Kaxovka röparasida) «qal’alar» hajmigaça qisqartiriş
Bunday reja ta’minotdagi muammolarni qisman hal qilgan bölardi: Dneprga yaqin hududda bir neça kiçik platsdarmlar qoldiriladi, şarqiy sohildan ta’minot yetkazib berişga öta talabçan bölgan tinç aholi va artilleriyaning bir qismi olib ketiladi. Artilleriyani şarqiy sohilga joylaştiriş ham mumkin, ular şu yerdan turib ğarbiy sohilda daryoga yaqin joylaşgan qismlarni mudofaa qilib tura oladi. Bundan taşqari, «Xerson qal’asi» mudofaasi asosiy siyosiy muammoni hal qiladi (oblast poytaxtini taslim qilmaslik). Xerson «qal’a» bölişi kerakligini «oblastning qöğirçoq rahbari» Vladimir Saldo ham aytib ötdi.
Ammo bunday yeçim harbiy nuqtayi nazardan «murakkab»: daryo orqali ta’minot amalga oşirilişi davom etsa ham, doimiy ravişda ukrainlarning stvolli artilleriyasi zarbalari ostida turadi. Şu vaqtgaça Rossiya qömondonligi normal ta’minot imkoni bölmagan hududlarda qamal holatidagi «qal’a»da oxirigaça kuraşişni emas, qöşinlarni evakuatsiya qilişni ma’qul körgan — Kiyev atrofidan ham, Ilonli oroldan yoki sentabr oyida Xarkiv oblasti şimolidan ham.
Rossiya qömondonligi tomonidan strategik bölmagan yadro qurollarini qöllaş böyiça ehtimoliy doktrinani örganayotgan ekspertlarning hisoblaşiça, bunday ehtimoliy zarbaning maqsadlari quyidagiça bölişi mumkin:
odamlar yaşamaydigan daşt
raqib qöşinlari.
Xerson oblasti ğarbi — aholi kam yaşaydigan va ön minglab ukrain harbiy xizmatçilari turgan daşt hududdir. Nazariy jihatdan, aynan şunday rayon namoyişkorona yadro zarbasi uçun tanlanişi mumkin - bu yoki eskalatsiyani oxiriga qadar kuçaytirişga, duşman (Ukraina va Ğarb) bunday qadam taşlay olmaydi, yoki ep köra olmaydi), yoki duşmanni Kreml şartlari asosida muzokaralarga köndirişga qaratilgan. Bunday zarbaga tayyorgarlik «qöşimça qurbonlar»dan qoçiş uçun aholini evakuatsiya etişni talab qiladi.
Ammo Surovikin aynan şunday «qiyin qaror»ni nazarda tutgani ehtimoli kam. Bunday zarba heç qanday harbiy foyda va’da qilmaydi va siyosiy jihatdan öta xavflidir: Ğarb keskinlikni yumşatiş örniga eskalatsiyaga borişi mumkin — masalan, Ukrainadagi Rossiya armiyasiga konvensiya ruxsat beruvçi qurollar bilan öta kuçli zarbalar beriş (Ğarb ekspertlari yadro eskalatsiyasiga javoban şunday javob varianti bölişini oçiq muhokama qilişmoqda). Şunday ekan, mojaro rivojlanişida yadro quroli qöllanişi ehtimoli hamon juda pastligiça qolmoqda.