Sentyabr oyiga qadar boş vazirlik lavozimini egallab turgan Jonsonni Jamoat palatasidagi konservatorlar fraksiyasining kamida 100 a’zosi qöllab-quvvatlagan. Uning bayonotida aytilişiça, unga ovoz berişga tayyor bölgan deputatlar soni 102 nafarni taşkil etgan, ammo bu boşqa manbadan tasdiqlanmagan va bu uni qöllab-quvvatlaşi kutilgan deputatlar sonidan kamroq.
Şu bilan birga, u partiya içidagi ovoz beriş jarayonida ğalaba qozonib, juma kunidan boş vazirlikka qaytiş uçun yaxşi imkoniyatga ega bölgani, ammo «hozir qulay vaqt emasligi», partiya içida muxoliflari köpligi, fraksiyadagi birliksiz mamlakatni samarali boşqariş imkoni bölmasligini qayd etgan.

2020 yil fevralidan 2022 yil iyuliga qadar moliya vaziri lavozimida işlagan Rişi Sunak esa partiya rahbarligi uçun poygada qolmoqda, uni 157 nafar deputat qöllagan, şuningdek saylovda qatnaşiş niyatini e’lon qilgan Penni Mordont bor, ammo u öz nomzodini qöyiş uçun yetarliça ovoz töplay olmasligi mumkin - yakşanba kuni keçqurun holatiga köra, uni faqat 25 kişi qöllagan.
«Men Rişi bilan ham, Penni bilan ham muzokara olib borişga harakat qildim, çunki biz millat manfaati yölida birlaşa olişimizga umid qilgandim. Afsuski, buning yölini topa olmadik. Men özimda taklif qiladigan narsam borligiga işonaman, ammo hozirda, qörqamanki, buning uçun eng töğri vaqt emas», deyiladi Boris Jonsonning bayonotida.
Köplab torilar Jonson hukumati parçalanişida aybdor deb hisoblaydigan Rişi Sunak u öz boş vazirligida köp narsaga, «brekzit»dan tortib koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqilişi hamda joriy etilişiga qadar qator muvaffaqiyatlarga erişganini e’tirof etgan. «U mamlakatimizni biz boşimizdan keçirgan qator oğir sinovlardan olib ötdi, keyin u Putin va uning Ukrainaga qarşi varvarlarça uruşiga qarşi çiqdi. Biz buning undan doimo minnatdor bölamiz», deya yozdi boş vazirlik uçun favorit bölgan Sunak tvitterida.
Agar duşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga qadar Sunakdan boşqa heç kim kamida 100 deputat tomonidan qöllab-quvvatlovga ega bölmasa, u avtomatik ravişda partiya rahbariga aylanadi, juma kunidan esa Liz Trass örniga boş vazirlik lavozimini egallaydi.








