Şu yil 24 noyabrdan 2023 yil 6 martgaça Parijdagi Luvr muzeyida “Özbekiston vohalari xazinalari. Karvon yöllari çorrahasida” körgazmasi bölib ötadi. Unda mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid eng sara topilmalar, nodir eksponatlar namoyiş etiladi.
Körgazmaning ahamiyati va unga tayyorgarlik jarayonlari haqida Özbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Şoazim Minovarov sözlab berdi.
“2018 yilda davlatimiz rahbari Fransiyaga taşrif buyurdi. Bu – Yevropa davlatlariga birinçi rasmiy davlat taşrifi edi. Buning ramziy tomonlari ham bor: Fransiya Özbekiston kabi öz siyosati, boşqa davlatlar bilan aloqalarda madaniy hamkorlikka juda katta ahamiyat beradi. Fransiyaga taşrif doirasida davlatimiz rahbari Luvrga borişga vaqt topdilar. Bu jahondagi eng katta muzeylaridan biri ekanligini barçamiz yaxşi bilamiz. Luvr – butun jahon durdonalarini özida saqlovçi xazina.
Insonni tom ma’noda inson qilib tarbiyalaşda madaniyat, ma’naviyatning örni katta. Prezidentimizning Fransiyaga taşrifi çoğida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi va Luvr muzeyi bilan körgazma taşkil qiliş töğrisida şartnoma imzolangan edi. Oradan vaqt juda tez ötdi va “Özbekiston vohalari xazinalari. Karvon yöllari çorrahasida” körgazmasi boşlanişiga oz fursat qoldi. Nomidan körinib turibdiki, u özida butun tariximiz, eng Qadimgi Varaxşa, Afrosiyob devoriy suratlaridan tortib, hozirga qadar madaniyat va san’at sohasiga tegişli osori atiqalarni mujassam etadi.
Bularning orasida alohida ta’kidlaşga loyiq bölgan diniy, ma’naviy ahamiyatga ega eksponat – Katta Langar Qur’oni. Uning tarixi deyarli afsonaviy, çunki hali atrofliça örganiş kerak bölgan jihatlari yetarli. U VIII-X asrga oid, deb taxmin qilinyapti. Hatto, Usmon Muşafidan oldinroq yozilgan bölişi mumkin, degan farazlar ham bor. Biz körgazmaga olib boradigan uşbu Qur’on sahifalariga dunyo miqyosida qiziqiş juda katta.
Umumiy hisobda 320dan ortiq eng yaxşi eksponatlarimizni olib boryapmiz. Bu körgazma juda samarali böladi, deb öylayman. Çunki madaniyat sohasidagi hamkorlik mamlakatni, xalqni dunyoga juda tez tanitadi. Fransiyaga bir yilda 60 mln turist taşrif buyuradi. Luvrning öziga 10 mlndan köproq odam keladi. Körgazma davomida u yerda özimizni körsatişimiz bizni yanada köproq e’tirof etişlariga, Özbekistonga, uning madaniyati va tarixiga nisbatan qiziqiş ortişiga sabab böladi. Bu turizmni rivojlantirişda katta reklama vazifasini ötaydi. Odamlar körgazmalar, özaro muloqot orqali bir-birini qançalik yaxşi tanisa, örtadagi işonç ham şunçalik mustahkam böladi. Işonç esa hamkorlikning boşqa yönalişlari uçun eşiklarni oçadi”, – dedi Şoazim Minovarov.











