23 oktyabr kuni Toşkentda “Özbekiston: Markaziy Osiyo böylab zamonlar oşa sayohat” nomli yangi hujjatli film premerasi bölib ötdi.
Film Fransiyaning “Le Poisson Volant” kinokompaniyasi, ARTE madaniyat telekanali va Luvr muzeyi bilan hamkorlikda yaratilgan. Loyiha taşabbuskori – Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi.
Ssenariy muallifi – fransiyalik Iv Nilli, rejissyor ham fransuz ijodkori – Jivko Darakçiyev. Hujjatli filmda miloddan avvalgi 4-asrda yaşagan Iskandar Zulqarnayndan boşlab, milodiy 15-asrda hukmdor bölgan Amir Temurning nabirasi Mirzo Uluğbekkaça bölgan davrdagi Markaziy Osiyo tarixi haqida hikoya qilinadi.
Tomoşabin filmni körar ekan, zamonlar oşa sayohat qilib, Markaziy Osiyo hududida yaşagan xalqlar, ularning madaniyati, dini va turmuş tarzi haqida bilib olişi mumkin.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi kengaşi raisining örinbosari Saida Mirziyoyevaning sözlariga köra, film keyin oy Luvr muzeyida namoyişi boşlanadigan “Özbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yöllari çorrahasida” nomli körgazmada namoyiş qilinadi.
“Maqsadimiz – Özbekistonning bebaho madaniy-tarixiy merosini jahon madaniyat maydonida keng yoyiş va madaniyatlararo almaşinuvni rivojlantirişdan iborat. Jivko Darakçiyevning ajoyib rejissyorlik işi va butun tasviriy guruh mahorati tufayli film voqealari bizni hayajonga soladi, savdo yöllari va madaniy almaşinuv makonlari böylab ğaroyib sayohatga yetaklaydi. Film tomoşabinga köp asrlar davomida betakror san’at namunalari va muhim me’moriy inşootlarni yaratib kelayotgan mintaqaning uluğvor madaniyati jamlangan maskanga sayohat qildirib, köplab muhim ma’lumotlardan boxabar qiladi”, – dedi Saida Mirziyoyeva.
Fransiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Oreliya Buşezning aytişiça, yangi hujjatli film premerasi şu yil 23 noyabrdan Fransiyaning Parij şahrida boşlanadigan Özbekiston körgazmasining deboçasi hisoblanadi.















