Prezident Şavkat Mirziyoyev kasb bayrami munosabati bilan içki işlar organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yölladi.
Hurmatli içki işlar tizimi xodimlari!
Qadrli ofitser va generallar, serjant va safdorlar!
Muhtaram faxriylar!
Avvalo, sizlarni 25 oktabr – Özbekiston Respublikasi içki işlar organlari xodimlari kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Heç şubhasiz, xalqimiz sizlarni öz hayotini el-yurt tinçligi va osoyiştaligini ta’minlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilişdek olijanob işga bağişlagan, muqaddas qasamyodiga sodiq insonlar deb biladi va maşaqqatli xizmatingizni munosib e’tirof etadi.
Yangi Özbekistonda “Inson qadri uçun” degan ezgu tamoyil asosida olib borayotgan islohotlarimizni hayotga muvaffaqiyatli joriy etişda içki işlar tizimi xodimlari davlatimiz va jamiyatimizning mustahkam tayançi bölib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda dunyoda hukm surayotgan murakkab va tahlikali şaroitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlaş, jamiyatimizda tinçlik va hamjihatlikni mustahkamlaş qançalik muhim vazifa ekanini barçamiz yaxşi anglaymiz. Şu bois, keyingi yillarda içki işlar tizimini isloh qilişga ustuvor e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada barça hududlarimizda xavfsiz şaroit yaratiş, tinçlik va osoyiştalikka qarşi tahdidlarga töliq barham beriş maqsadida işlab çiqilgan Özbekiston Respublikasining jamoat xavfsizligi konsepsiyasi hamda 2022-2025 yillarda jamoat xavfsizligini ta’minlaş tizimini rivojlantiriş strategiyasi izçil amalga oşirilmoqda.
Mazkur hujjatlarga asosan, ilk bor har bir tuman va şaharda fuqarolar xavfsizligini işonçli ta’minlaş böyiça 10 ta davlat idorasining hamkorlikda işlaş mexanizmlari va vazifalari belgilab berildi. Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş tizimini sifat jihatdan yangi bosqiçga kötarişga qaratilgan zamonaviy iş uslublari amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Jinoyatçilikning oldini oliş, uning sabablarini bartaraf etiş maqsadida huquqbuzarliklarni “mahallabay” va “sohabay” muhokama qiliş tizimi joriy qilindi. Jinoyatlar nisbatan köp sodir etilgan mahallalarda taşkil etilgan huquq-tartibot maskanlarida huquqni muhofaza qiluvçi idoralarning birgalikdagi faoliyati yölga qöyildi.












