Davlat rahbarining ta’kidlaşiça, sönggi beş yilda 1 ming 370 ta yangi tibbiyot muassasasi qurilib, bunga budjetdan 7,2 trillion söm ajratildi. Lekin, hozirda bu obektlarning 256 tasi tibbiy jihozlar bilan ta’minlanmagan. Uşbu muassasalarga 10 mingdan ziyod tibbiy jihozlar xaridi uçun 500 milliard söm zarur.
“Qişloq şifokori” dasturi doirasida olis hududlar röyxatini 297 taga yetkazdik (ilgari 142 ta bölgan) va ularni moddiy rağbatlantirişni yanada kengaytirdik. Bugungi kunga qadar, dastur asosida 191 nafar şifokorlar iş boşladi.
Masalan, Möynoqqa Farğona, Samarqand va Xorazmdan 8 nafar şifokor işga borgan. Lekin, yana 171 ta böş örinlarini töldiriş zarur.
Qaşqadaryoda – 67 ta, Navoiyda – 19 ta, Qoraqalpoğistonda – 18 ta, Buxoroda – 17 ta, Surxondaryoda – 14 ta, Sirdaryoda – 13 ta şifokor örinlari vakant. Nega viloyat hokimlari bunday muammolarni boş vazir oldida kötarmaydi? Joy vakant degani, tibbiy xizmat körsatilmayapti degani.
Xavf guruhiga kiruvçi 40 yoşdan oşgan aholini skriningdan ötkaziş işlari ayrim hududlarda sust amalga oşirilmoqda.
Ayniqsa, Xonobod şahri (16 foiz), Marhamat (24 foiz), Qörğontepa, Asaka (37 foiz), Söx (36 foiz), Qöştepa (41 foiz), Uçköprik (42 foiz) va Qibrayda (32 foiz) skrining işlari ahvoli qoniqarsiz. Bu degani hammasi qoğozda töldirilyapti.
Birlamçi böğinda yeçimini kutayotgan eng dolzarb muammolardan yana biri, bu – onalik va bolalikni muhofaza qiliş masalasi.
Jumladan, yurtimizda 2010 yilgaça yillik tuğiliş 600 ming atrofida bölgan bölsa, ötgan yili bu körsatkiç 950 mingga yetdi. Lekin, şifoxonalarda tuğruq örinlarini köpaytiriş böyiça aniq amaliy işlar közga taşlanmayapti. Ya’ni, tuğruq örinlari soni hali hanuz 11 mingta bölib qolmoqda.
Ayniqsa, vodiy viloyatlari, Samarqand, Qaşqadaryo va Surxondaryoda bu masala öta dolzarb hisoblanadi.
Misol uçun, Kosondagi 40 örinli tuğruq bölimiga 55 nafar, Romitanda 35 öringa 45 nafar homilador töğri kelayotgani, aholining haqli e’tirozlariga sabab bölmoqda.
Bugungi kunda 227 ta tuğruq kompleksining 50 foizida issiq suv yoki kanalizatsiya tizimi yöq. Yil yakuniga qadar respublika böyiça 46 ta tumanlararo perinatal markazlarini taşkil etiş böyiça topşiriq berilgan edi. Lekin, 14 ta tumanda işlar boşlanmagan.
Beruniy, Qönğirot, Ğijduvon, Koson, Çiroqçi, Qamaşi, Ğallaorol, Paxtakor, Boysun, Qumqörğon, Şerobod, Yangiyöl, Quyiçirçiq, Boğot tumanlari.












