17-18 noyabr kunlari Samarqand şahrida «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» şaklida vazirlar uçraşuvi va «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» özaro boğliqlik: «Barqaror rivojlaniş uçun global darvozalar» mavzusidagi xalqaro konferensiya bölib ötadi.

Tadbirlarda Markaziy Osiyo mamlakatlari taşqi işlar idoralari rahbarlari, Yevropa Ittifoqi taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar yuqori martabali rasmiylari, xalqaro moliya institutlari, xususiy sektor, ekspert doiralari, fuqarolik jamiyati vakillari iştirok etadilar.

Vazirlar uçraşuvi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari örtasida iqtisodiyot, savdo, investitsiya, atrof-muhit, suv resurslari, iqlim, zamonaviy xavf va tahdidlarga qarşi kuraşiş sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama qiliş rejalaştirilgan. Tadbir doirasida «Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo» birinçi yoşlar forumi ham bölib ötadi.

Xalqaro konferensiya Yevropa Ittifoqining Global Gateway taşabbusiga muvofiq, barqaror özaro boğliqlikni rağbatlantiriş, yaşil rivojlanişni qöllab-quvvatlaş va COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etiş böyiça kelişilgan çora-tadbirlarni işlab çiqiş maqsadida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan.