Rossiya qöşinlaridan yaqinda ozod qilingan hududlarda 1000 ga yaqin halok bölgan harbiy xizmatçilar va tinç aholining jasadi eksgumatsiya qilindi. Bu haqda Ukrainaning vaqtinça bosib olingan hududlarni reintegratsiya qiliş vazirligi xabar berdi. 

Izyumdagi eng katta ommaviy qabrlardan faqat bittasi joylaşgan joyda 450 ta jasadlar eksgumatsiya qilingan, deyiladi xabar davomida. 

«Okkupantlarning vahşiyliklariga oid hayratlanarli faktlar oşkor etilyapti: halok bölganlar orasida nafaqat harbiylar, balki tinç aholi - kattalar va bolalar ham bor. Ammo aniq ma’lumotlar ekspertizadan söng ma’lum böladi», — deya ta’kidladi vazirlik.

Bundan oldin Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi «Gruppa Vagnera» xususiy harbiy kompaniyasi gepatit C va OIV infeksiyasi kabi jiddiy yuqumli kasalliklarga çalingan mahkumlarni Ukraina bilan uruşga jönatayotganini bildirgandi.

«Bu holat keng tarqalgan. Şu tariqa, OIV yoki gepatit C bilan tasdiqlangan yuzdan ortiq mahkum Leningrad viloyati Metallostroy posyolkasidagi birgina 5-sonli axloq tuzatiş koloniyasidan "Vagner" XHKga safarbar qilingan», - deydi razvedkaçilar. Ularning sözlariga köra, OIV bilan kasallangan jangçilarga qömondonlik qizil brasletlar, gepatit C'ga ega bölganlarga esa oq rangli brasletlar taqib qöyadi. Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi asirga olingan ruslar orasida bunday kasalliklarga çalingan odamlar aniqlanganini qöşimça qildi.

Ukraina harbiylariga köra, bu holat rus qöşinlarida keskinlikni keltirib çiqarmoqda, şifokorlar bunday kasalliklarga ega yaradorlarga yordam berişdan boş tortmoqda. BRB idora bunday ma’lumotni qayerdan olganini oçiqlamadi.