Ma’lum bölişiça, Yuqori Çirçiq tumani hududidan oqib ötuvçi Qizilsoy böyiga noma’lum şaxslar tomonidan köp miqdorda parranda öligi taşlab ketilgan. Hodisaga jamoatçilik e’tiborini qaratgan Inomjon Raimov ölgan tovuqlar soy böyiga 19-20 oktabr kunlari taşlab ketilganini aytmoqda.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoning muallifi menman. Video 24 oktyabrda olingan. Ölgan tovuqlar esa undan tört-beş kun oldin taşlab ketilgan ekan. Ikki-uç tonna atrofidagi tovuq öligining hididan atrofda yurib bölmay qoldi.
Bizni öylantirgani bu tovuqlar nimadan ölgan? Ularning qançasi bozorga çiqib ketdi-yu, qançasi bu yerga taşlab ketildi? Çunki bular kasallangani ehtimoli yuqori. Agar kasallanmasa, bunça miqdordagi tovuq bir vaqtda nobud bölmaydi” deydi murojaatçi Inomjon Raimov.

Mahalliy aholi uşbu hududga yaqin masofada ikkita tovuq fabrikasi borligi, ölgan tovuqlar fabrikadan çiqqan bölişi mumkinligini taxmin qilişmoqda.
E’tiborlisi, Davlat ekologiya qömitasi mahalliy aholining mavzuga doir murojaatlarini e’tiborsiz qoldirgan. Holat aks etgan video internetda şov-şuvlarga sabab bölgaç, mutasaddilar harakatga tuşib qolgani aytilmoqda.

“Şunça ölgan tovuq qayerdan çiqqanini biliş maqsadida Davlat ekologiya qömitasiga murojaat qildik. Ön beş kun içida murojaatingiz körib çiqiladi deyilgan. Mendan taşqari hududda yaşovçi boşqa odamlar ham qömitaga murojaat qilişdi. 19 oktabr kuni zayavkani bergandik. 15 kun içida arizamizni qömitaning viloyat boşqarmasiga jönatilişini aytişdi.
Ammo ön beş kun kutib turolmasdik. Şu bois holatni videoga olib, Telegram-kanallarga tarqatdik. Ijtimoiy tarmoqqa videoni joylaganimizdan keyin tuman ekologiya bölimi mas’ullari kelib, hududni tozalatişga kirişişdi” deydi murojaatçi.
Suriştiruvimiz davomida Qizilsoy sohilida bundan boşqa çiqindilar ham köpligiga şohid böldik. Mas’ullar bu vaziyat mahalliy aholi va taşkilotlar tomonidan vujudga keltirilayotganini ta’kidlaşdi.












