Air Quality Index (IQAir) – Havo sifati indeksi saytining körsatişiça, 26 oktyabr soat 14:00 holatiga poytaxt havosi sifati «yaşil» darajaga çiqqan. Havo tarkibidagi barça ifloslantiruvçi moddalar me’yoriy qiymatlardan ança past holatda qolmoqda. Şahar havosi dunyo şaharlari orasida havo sifati böyiça 49-örinda turibdi.
“Toşkentda uzoq davom etgan yomğirdan söng toğ havosi kabi musaffo muhit kuzatilmoqda. Şahar havosi xuddiki toğ havosi kabi toza muhitni taqdim etgan. Mazkur havoda taşqi muhitda sayr qiliş, havodan töyib-töyib nafas oliş kerak. Bu inson fiziologiyasi va qisman psixologiyasiga ham foydali”, – deb yozadi iqlimşunos Erkin Abdulahatov.
Eslatib ötamiz, 17 oktyabr kuni keçqurun Toşkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi ruxsat etilgan me’yordan 42 barobarga ortib, 212 mkg/m³ga yetib, Özbekiston poytaxti bir muddat dunyo böyiça havosi eng iflos şahar bölib turgandi. Mutaxassislar çangni boşqa mintaqalardan uçib kelmagan, mahalliy çang ekanini ma’lum qilişgandi.













