Majlisda taşkilotga a’zo davlatlar vakillari özaro hamkorlikda xalqaro yuk taşuvlari jarayonlarini yanada rivojlantiriş, mintaqa tranzit salohiyatini oşiriş, muqobil transport yönalişlarini rivojlantiriş bilan boğliq masalalarni muhokama qiladi.

Tadbir doirasida Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar temiryöl ma’muriyatlari birinçi uçraşuvi hamda TDTga a’zo davlatlar portlari rahbarlari beşinçi uçraşuvi ötkaziladi.

Yiğiliş yakunlari böyiça Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo davlatlar örtasida xalqaro aralaş yuk taşiş töğrisida bitim va transport sohasida özaro boğliqlik dasturi kabi hujjatlar kelişib olinadi.

TDT sammiti joriy yil 11 noyabr kuni Samarqand şahrida bölib ötadi.