BMT boş kotibining huquqiy masalalar böyiça örinbosari Migel de Serpa Suares 26 oktyabr, çorşanba kuni Moskvaning taşkilot rahbari Antoniu Guterriş göyoki Ukrainaga BMT ekspertlarini Eron dronlarining Rossiya Federatsiyasiga yetkazib berilişini tekşiriş uçun jönatiş «mandati yöqligi» haqidagi da’volarini rad etdi. Mutaxassislar Rossiya armiyasi tomonidan Ukraina hududiga otilgan va havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tuşirilgan uçuvçisiz uçoqlarni tekşirişi rejalaştirilgan. 

Uşbu tergov Guterrişning Xavfsizlik Kengaşiga Eron böyiça hisobotini tayyorlaş doirasida olib borilişi rejalaştirilgan. Boş kotib bu hisobotni yiliga ikki marta – odatda iyun va dekabr oylarida – Xavfsizlik Kengaşining 2015 yilda Eron yadroviy kelişuviga oid rezolyutsiyasiga muvofiq tayyorlaydi. Keyingi hisobotda Eronning Rossiyaga uçuvçisiz uçoqlar yetkazib berişiga oid taxminlarni kiritiş rejalaştirilgan. Bu bunday turdagi birinçi holat emas: masalan, 2017 yilda BMT ekspertlari hisobot uçun Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan «Hizbulloh» harakati tomonidan Saudiya Arabistoni hududiga otilgan raketa parçalarini örganib çiqdi.

«Xavfsizlik Kengaşidan boşqa körsatmalar bölmasa, boş kotib uşbu hisobotlarni hozirgaça tayyorlagan tarzda tayyorlaşda davom etadi», dedi de Serpa Suares. Xavfsizlik Kengaşining ğarb a’zolari Rossiyaning Guterrişga yangi körsatmalar berişga bölgan har qanday urinişlariga tösqinlik qilişi mumkin.

BMT boş yuristining sözlari Rossiyaning öşa kuni, 26 oktyabrda taqdim etilgan sörovidan söng yangradi. Rossiyaning butunjahon taşkilotidagi vakili Vasiliy Nebenzya AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyani Guterrişga Eron uçuvçisiz uçoqlarini Rossiyaga yetkazib beriş masalasini tekşirişga çaqiruvçi xatlar yöllab, BMT nizomini buzganlikda aybladi. Bu maktublar haqida 22 oktabr kuni ma’lum böldi.

«Kotibiyat faqat aloqa organi sifatida xizmat qiladi», - deb javob berdi Xavfsizlik Kengaşi. «Boş kotibning hisobotida şunday xatlar kelib tuşganligi aks etişi mumkin», deyiladi ma’lumotda. 

Nebenzya, agar BMT Ukrainadagi dronlarni tekşirsa, Rossiya taşkilot bilan hamkorlikni «qayta körib çiqişi» mumkinligini aytdi. Eron Rossiyaga uçuvçisiz uçoqlar yetkazib berilişini rad etyapti, Kreml bu ma’lumotga töğridan töğri izoh bermayapti. Ayni paytda, Vaşingtonning fikriça, Rossiya Qurolli kuçlari Ukraina hududiga uçuvçisiz uçoqlardan zarbalar berib, rossiyaliklarga texnik yordam körsatganida eronlik instruktorlar Qrimda bölgan.