26 oktyabr, çorşanba kuni soat 17:45 lar atrofida Eron janubidagi Şeroz şahrida şialarning muqaddas qadamjosi bölgan Şoh Çerax maqbarasiga qurolli uç kişi hujum qildi, deb xabar bermoqda Eron davlat axborot agentligi IRNA. Natijada kamida 15 kişi halok böldi. Fars News Agency xabariga köra, halok bölganlar orasida bir ayol va ikki bola bor. Ziyoratgohga taşrif buyurgan 40 kişi jarohatlangan.

Ikki hujumçi politsiya tomonidan qölga olingan, uçinçisi qoçişga muvaffaq bölgan. Eronning boşqa bir naşri Nour news avvalroq bu uçala şaxs ham eronlik emasligini xabar qilgan edi. Hujum uçun javobgarlikni IŞID terrorçilik guruhi öz zimmasiga oldi, bu haqda u özining Telegram-kanalida yozgan.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Şeroz hujumini zöravonlik yöli bilan «xalqni bölişga» uriniş ekanligini aytdi. «Yomonlik, albatta, jazosiz qolmaydi, xavfsizlik va huquq-tartibot kuçlari hujumni uyuştirganlarga saboq beradi», - deya Raisiy sözlarini keltiradi Tasnim.

Şerozdagi terakt butun mamlakat böylab 22 yoşli kurd qizi Mahsa Aminiyning ölimiga qarşi bir oydan ortiq davom etayotgan namoyişlar fonida sodir böldi. U 13 sentabr kuni Tehronda politsiya tomonidan hibsga olingan va bir neça kundan keyin şifoxonada vafot etgan. Yaqinlarining sözlariga köra, ölimga hibsxona vaqtidagi kaltaklar sabab bölgan. Politsiya zöravonligiga qarşi boşlangan norozilik namoyişlari hukumatga qarşi namoyişlarga aylandi.

Iran Human Righs (IHR) ma’lumotlariga köra, Eronning turli şaharlarida ötkazilgan namoyişlar çoğida 240 kişi halok bölgan. Hibsga olişlar davom etmoqda: poytaxtda allaqaçon 300 dan ortiq odam «mamlakat xavfsizligiga putur yetkaziş maqsadida yiğiliş va til biriktiriş», «hukumatga qarşi taşviqot qiliş», «jamoat tartibi va tinçligini buziş»da ayblangan.