«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi Afğoniston armiyasining saralangan maxsus jangçilarini yollamoqda - ular amerikalik muhandislar tomonidan öqitilgan va toliblar hokimiyatga qaytgaç, işsiz qolişgan. Bu haqda Foreign Policy sobiq afğon jangçilari orasidagi manbalarga asoslangan holda xabar bermoqda.

Naşrning qayd etişiça, 2021 yil avgustida, toliblar Afğonistonda hokimiyatni egallaganida, AQŞ afğon maxsus topşiriqli bölinmalarining faqat bir neça yuz nafar katta ofitserlarini evakuatsiya qilgan, soni 20 mingdan 30 mingga qadar bölgan jangçilar esa amalda taqdir izmiga taşlab ketilgan. Ular qöşni mamlakatlar hududiga qoçişga yoki yaşirinişga majbur bölişgan, çunki toliblar AQŞ va avvalgi hukumat bilan hamkorlik qilgan harbiylarni ta’qib qiliş va öldirişga kirişgan.

AQŞ Kongressida Afğonistondan evakuatsiya jarayonida yöl qöyilgan xatolar muhokama qilinar ekan, amerikaliklar tomonidan taşlab ketilgan afğon jangçilari «AQŞ xavfsizligiga tahdid tuğdirişi mumkinligi», çunki ular Vaşington bilan duşman bölgan mamlakatlar tomonidan yollanişi ehtimoli borligi borasida xavotir bildirilgandi.

Foreign Policy manbalari baholariga köra, «Vagner» safiga 10 minggaça afğon jangçilari qöşilişi mumkin, çunki aksari toliblar rejimi bilan yaxşi aloqalar örnatgan Rossiya hukumatini Afğoniston duşmani deb bilsa ham, ularning «yöqotadigan narsasi yöq».

«Ular Pokiston yoki Eronda kuniga 3-4 dollarga yoki Turkiyada kuniga 10 dollarga işlaşga tayyor. Agar «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi yoki yana kimdir bunday odam oldiga kelsa va 1000 dollar taklif etsa, u yana uruşga yöl olişdan boş tortmaydi. Agar siz bir kişini yollasangiz, u özining eski bölinmasining yarmini ergaştirib kelişi mumkin», — deydi naşr suhbatdoşlaridan biri.

Foreign Policy naşri qayd etişiça, afğon xavfsizlik kuçlari AQŞ qöşinlari ketgaç, bir neça hafta içida mamlakatni toliblarga topşirib, öz layoqatsizligini namoyon etgan bölsa-da, maxsus topşiriqli bölinmalar jangçilari doimo yaxşi professionallar hisoblanadi, çunki ularni saralangan bölinmalar — Amerikaning SEALs va Britaniyaning SAS guruhlari instruktorlari öqitişgan. Foreign Policu manbalaridan biri afğonlarning Ukrainadagi jang maydonida paydo bölişi «öyin qoidalarini özgartirişi» mumkinligini tan olgan.

«Yaxşisi ulardan Ğarbdagi ittifoqçilar foydalanişi kerak, ular ukrainlar tomonida jang qilişi uçun. Ular ruslar uçun jang qilişni istamaydi, ruslar — duşman. Ammo ular boşqa nima qilsin?» — deydi naşrning yana bir suhbatdoşi.