Ukrainaning Xerson oblasti Oleşki şahrida 27-oktabr kuni erta tongdan sukunat rejimi boşlandi. Undan oldinroq Rossiya va Ukraina RF tomonidan işğol etilgan va gumanitar falokat yuzaga kelgan uşbu şaharga insonparvarlik yordami yetkaziş hamda tinç aholi evakuatsiyasini taşkil etiş uçun öt oçişni töxtatiş böyiça kelişib olgandi. Bu boradagi kelişuvga AQŞning birinçi xonimi Melaniya Tramp yordamida erişilgan.

«Sluga naroda» partiyasining Ukraina Oliy radasidagi fraksiyasi rahbari va Ukraina muzokaraçilari guruhi aʼzosi David Araxamiyaning maʼlumotiga köra, sukunat rejimi 1-noyabr kuni soat 22:59 ga qadar davom etişi kerak. Buni Rossiyadagi inson huquqlari böyiça vakil Yana Lantratova ham tasdiqladi. Araxamiya Oleşkidagi sukunat rejimini «2022-yildan buyon eng katta deeskalatsiya» deb atagan.

Melaniya Tramp esa sukunat rejimi rejadagidan ikki kun oldinroq joriy etilgani va uning geografiyasi gumanitar konvoylarning xavfsiz ötişini taʼminlaş uçun kengaytirilganini aytdi. Uning sözlariga köra, buni Rossiya boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov ham tasdiqlagan.

27-oktabr kuni keçqurun Ukraina va Rossiya öt oçişni töxtatiş rejimiga ikki tomon ham amal qilayotganini xabar qildi. Kremldagilar Oleşkidagi gumanitar operatsiya «reja böyiça ketayotgani»ni qayd etdi.

Gumanitar operatsiyaning köplab tafsilotlari aniq emas: qaysi yöllar minalardan tozalanişi, şahar aholisi qayerga va qanday olib çiqilişi, ularga töğridan töğri Ukrainaga ketişga ruxsat berilişi yoki Oleşkida qolişi, oilalarga bolalari bilan ketişga ruxsat berilişi nomaʼlum. Financial Times naşri maʼlumotiga köra, Ukrainaga ketişni istaganlar avval Rossiya nazorati ostidagi hududga olib ötiladi. Operatsiya bir neça bosqiçda ötkazilişi maʼlum.

Ukrainaning Okkupatsiyani örganiş markazi rahbari Petro Andryuşçenkoning sözlariga köra, Oleşkidan evakuatsiya 30-oktabr kuni amalga oşirilişi möljallangan. Şaharni tark etişni istovçilar haqida şoşilinç tarzda maʼlumot töplanmoqda. Evakuatsiya qanday amalga oşirilişi hozirça yopiq maʼlumot, deya qöşimça qilgan u. Andryuşçenko aholi qanday olib çiqilişi – yöllar minalardan tozalanişiga boğliq bölişini taxmin qilgan. Uning sözlariga köra, Kievdagi hukumat Ukrainaga ketmoqçi bölgan aholi uçun Dnipro orqali – töğridan töğri öz nazorati ostidagi hududga yöl taşkil etilişini kutmoqda.

Xerson oblastining Rossiya taʼsiri ostidagi qismiga tayinlangan «gubernator» Vladimir Saldo esa Oleşki aholisi RF tomonidan anneksiya qilingan Qrim yoki Rostovga evakuatsiya qilinişi mumkinligini aytgan. Uning sözlariga köra, ular uçun allaqaçon transport va vaqtinça joylaştiriş markazlari tayyorlab qöyilgan. Şu bilan birga, Saldo Ukrainaga ketişni istovçilarga ham yordam körsatilişini qöşimça qilgan.