Unda xalq ta’limi tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar, xususan pedagoglar kasbiy mahoratini oşiriş, öquvçilarga sifatli ta’lim beriş, töğri kasb tanlaş borasida maktab direktorlari mas’uliyati haqida söz bordi.
Xususan, 2022 yil boşida prezidentimizning Qoraqalpoğistonga taşrifi davomida bergan topşiriqlari asosida qöşimça 23 ta maktabda ta’mirlaş işlari amalga oşirilmoqda, umuman olganda bu yil 70 ta maktabda quriliş-ta’mirlaş işlari olib borilmoqda.
Qoraqalpoğistonda birinçi bölib “Mobil metodik guruhlar” faoliyati yölga qöyilgan. 40 ta ta’lim darajasi past maktablar tanlab olinib, hududdagi oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda öqituvçilarga metodik yordam körsatiş orqali ta’lim sifatini oşiriş çoralari körilmoqda.
Muloqot çoğida Qoraqalpoğistonda tizimda hali qilinişi lozim bölgan işlar köpligi, maktablarda öquvçilarga zamonaviy bilimlarni berişda öqituvçilarda metodik mahorat yetişmayotgani, bir qator maktablarda ta’lim darajasi pastligi, 11-sinf öquvçilarini kasb-hunarga yönaltiriş işlarida muammolar mavjudligi, ayrim maktablarning ijtimoiy-ma’naviy muhiti yaxşi emasligi qayd etildi.
Jöqorği Kenges raisi respublika maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini yaxşilaş yuzasidan maktab direktorlariga bir qator vazifalarni belgilab berdi.
Uçraşuv söngida ta’lim sifati körsatkiçlari böyiça yuqori natijalarga erişgan 10 nafar maktab direktori “Vatan fidoyisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Şuningdek, har bir tumandan bitiruvçilari oliy ta’lim muassasalariga kirişda eng yuqori natija körsatgan bittadan maktab direktori Jöqorği Kenges tomonidan 10 mln söm pul mukofoti bilan taqdirlanadigan böldi.
Muloqotda maktab direktorlarining xalq ta’limini yanada rivojlantiriş böyiça takliflari tinglandi.











