Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqda 11 gektar yerni 550 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11,4 gektar yer maydonini 550 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament Olmazor tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar K.B. va E.K. Bo‘stonliq tumani, “G‘azalkent” QFY hududidan K.B.ga uzoq muddatga vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan jami 11,4 gektar bog‘dorchilik yer maydonini boshqa bir fuqaro D.A.ga firibgarlik yo‘li bilan 550 000 AQSh dollariga sotishga kelishgan.
Xabarda aytilishicha, ular go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:20 / 26.11.2025
Toshkent viloyatida 8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilganlar qo‘lga olindi
07:45 / 25.11.2025
Dunyoda eng unumdor yerlar qayerda? Yangi xarita e’lon qilindi
14:55 / 05.11.2025
Qibray: 54 ming dollarlik “yer bitimi” tezkor tadbirda to‘xtatildi
14:15 / 24.09.2025