Fransiyaning Moviy qirğoğida suv harorati hozirda Tselsiy böyiça +22 daraja, havo harorati esa +24.
Nitssa şahrida yaşovçi Roza-Marining sözlariga köra, odatda yilning şu vaqtida havo sovuqroq böladi va noyabr oyi kelişi bilan yomğir yoğa boşlaydi. Lekin bu yil plyaj mavsumi hali ham qizğin davom etmoqda.
Oxirgi 10 kun içida fransuz meteorologlari örtaça yillik harorat 6 darajaga oşganini qayd etişdi.
Ispaniyaning janubiy qirğoqlarida ham vaziyat taxminan şunday va yaqin kunlarda ob-havo yana bir neça darajaga isişi kutilmoqda.
Vengriyada ham oktyabr oyi kutilmaganda issiq kelgan.
«Ikki yil oldin, aynan şu vaqtda issiq kurtka va şapka kiygan edik. Hozir esa ba’zi odamlar hali ham şortida», deydi budapeştlik Natalya.
Londonda juma kuni +19°S böldi, şanba kuni +21°S kutilmoqda. Yakşanba kuni havo sovib ketadi, biroq 10 noyabrgaça bölgan prognoz bu davrda havo harorati 13-14 darajadan pastga tuşmasligini ma’lum qilmoqda.
Ukrainaga bostirib kirişi ortidan Rossiya bilan yuzaga kelgan neft va gaz uruşi fonida, yevropaliklar juda issiq kuzdan mamnun. Bu ularga isitiş xarajatlarini tejaş imkonini beradi.
Ammo olimlar bularning barçasi juda xavotirli belgilar ekanini eslatişmoqda.
Hozir ekologiya haqida öylaydigan vaqt emasmi?
Ekologlarning ta’kidlaşiça, iqlimning antropogen özgarişi oqibatida haroratning me’yordan oşib ketişi tez-tez uçrayapti va uzoq davom etyapti.
Sanoat erasi boşlanganidan beri örtaça global harorat taxminan 1,1°C darajaga kötarildi va ösişda davom etmoqda.

Fransiyaning Barqaror rivojlaniş milliy tadqiqot instituti iqlim böyiça mutaxassisi Fransuaza Vimenng sözlariga köra, biz hozir kuzatayotgan hodisa kelgusi ön yilliklar uçun olimlar tomonidan berilgan taşvişli başoratlarga töliq mos keladi.
Ekologlar butun dunyo hukumatlarini iqlim falokatining oldini oliş uçun sa’y-harakatlarni ikki baravar oşirişga çaqirmoqda.










