Xitoyda ham, xuddi Yevropada bölgani kabi, 2022 yil yozida ekstremal issiq va quruq havo kuzatilmoqda. Şu tufayli Yevroosiyoning eng uzun va sersuv daryosi hisoblangan Yanszi daryosida suv sathi ayrim joylarda XIX asr örtalaridan buyon eng past darajaga tuşdi, önlab irmoqlar esa qurib qolmoqda. Qurğoqçilik sababli Xitoyda ayrim korxonalar faoliyati töxtab qoldi, elektr energiyasi taqçilligi boşlandi, yuklarni yetkazib berişda uzilişlar röy bermoqda, meva va sabzavot narxlari kötarilmoqda. Quyida suv yetişmovçiligi Xitoyga qay darajada ta’sir körsatgani aks etgan fotojamlanma.

Yanszining yirik oqimi bölmiş Jialingning Çunsindagi körinişi. 2022 yil 25 avgust.
Noel Celis / AFP / Scanpix / LETA
Xitoy janubi-şarqidagi Tszyansi provinsiyasida Poyanxu köli örtasidagi orolçada joylaşgan ibodatxona. Bu mamlakatdagi eng yirik çuçuk suvli köl hisoblanadi. 2022 yil 24 avgust. Foto: Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Xitoy markaziy qismidagi Çunsin şahrida Jialing daryosining qurib qolgan özanida turgan odamlar. Jialing — Yanszining yirik oqimi bölib, ikki daryo Çunsinda birlaşadi. 2021 yil 21 avgust. Foto: EPA / Scanpix / LETA
Çunsindagi Jialing daryosi özanida qisqiçbaqa ovlayotgan bolalar. 2022 yil 21 avgust. Foto: EPA / Scanpix / LETA
Çunsin munitsipalitetining 34 okrugida 66 daryo va irmoqlar qurib qolgan. 
Foto: EPA/Vostock-photo
Çunsindagi Jialing daryosida suv sathi ölçanadigan ustunni böyayotgan işçilar. 2022 yil 21 avgust
EPA / Scanpix / LETA