Toşkentda Tojikistonning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Abdujabbor Rahmonzoda va Özbekiston Davlat bojxona qömitasi raisining birinçi örinbosari Ilhom Muxtorov mamlakatlar örtasidagi bojxona hamkorligini mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi. 

Tomonlar Tojikiston-Özbekiston çegarasidagi «Bekobod» nazorat-ötkaziş punkti faoliyatini yangilaşga kelişib oldilar. Bu ötiş punkti Toşkent viloyatini Tojikistonning Söğd viloyati bilan boğlaydi. Tomonlar punktning ötkazuvçanligini oşiriş zarurligini qayd etişdi. 

Bundan taşqari, suhbatdoşlar ikki davlatning tegişli tuzilmalari örtasidagi hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdorligini bildirdi. Tovar va mahsulotlarni taşişda bojxona xizmatlarining samarali faoliyatini kuçaytiriş böyiça aniq takliflar bildirildi. 

Yiğilişda bojxona körigidan ötiş tartibini tezlaştiriş, çegara postlarida avtotransport vositalarini uşlab turişning oldini oliş, xalqaro ahamiyatdagi yangi nazorat-ötkaziş punktlarini taşkil qiliş masalasi ham muhokama qilindi.