“Manzil”ning yangi soni Özbekistonning eng maşhur dovoni – Qamçiq haqida hikoya qiladi. Strategik ahamiyatga ega, doim gavjum bu joylar sayohat manzilingizga eltuvçi yöl bölibgina qolmay, balki dovonning özi ham sayohat obekti böla oladi.

Farğona vodiysini respublikaning boşqa hududlari bilan boğlovçi Qamçiq dovoni dengiz sathidan 2268 metr balandlikda joylaşgan bölib, Tyan-Şan toğ tizmasining Qurama qismidan ötgan. Dovondan qadimdan qatnov bölgan bölsa-da, 1959 yilgaça faqat ot-ulovda harakatlanilgan. Unda ham dovonni asosan yozda oşib ötiş mumkin bölgan.

1949 yilda boşlangan quriliş 1959 yilga kelib yakunlangan va Qamçiq dovonidan maşinalar harakati yölga qöyilgan. Bu yöl respublikaning strategik ahamiyatga ega yöli hisoblanadi. Şu bilan birga, eng çiroyli landşaft hosil qilgan yöl ham ham şu.

Qamçiq dovoniga öz maşinangizda sayohat qilişni reja qilgan bölsangiz yaxşi, agarda maşinangiz yöq bölsa yoki maşinasiz borişni reja qilayotgan bölsangiz, sizga bir layfhakni örgatib ketaman. Telegram'dan vodiyning biror viloyati Namangan, Andijon yoki Farğona nomi bilan Toşkentga taksi deb qidiruv bersangiz, köpgina guruhlar çiqib keladi. Siz özingizga yoqqan guruhda öşa viloyatga ketişingizni aytib, xabar qoldirasiz. Qarabsizki, haydovçi siz qayerda bölsangiz, öşa yerdan Qamçiq dovoniga qadar 90-100 ming söm atrofida olib borib qöyadi. Biz ham şunday qildik.

Qamçiq dovonidan bir kunda 12-15 minggaça avtomobil harakatlanadi. Ikkita avtomobil tunneli va bitta temiryöl tunneli bor. Şu yerda temiryöl tunneliga alohida urğu berib ötmasak bölmaydi. Çunki bu tunnel quriliş murakkabligi nuqtayi nazaridan dunyoda 8, uzunligi böyiça esa 25-örinni egallagan. Tunnel uzunligi 19,2 kmni taşkil etib, 2013 yilda boşlangan quriliş 2016 yilda yakuniga yetkazilgan. Bu tunnelni köriş uçun esa vodiyga poyezdda sayohat qiliş kerak.

Qamçiq dovonidagi rastalarda şaharda topiş muşkul bölgan ajoyibotlarni uçratiş mumkin. Eng qiziq tarafi – har bir rasta uning sotuvçisi nomi bilan nomlanadi. Misol uçun, Lola opa, Şahlo opa, Sevara va şunga öxşaş ismlar qöyilgan.

Dovonda köpçilik ösayotganini aytadigan kiçik toğni ham körmasak bölmasdi. Angren daryosi örtasida qaqqayib turgan toğçani köpçilik ösadi deb taxmin qiladi. Aslida esa unday emas. Daryo özanini özgartirgani sababli toşning atrofini yuvib ketgan. Şu sababdan u xuddi ösayotgandek tuyuladi. Lekin unga yaqin kelsangiz, kompleks toğ tizmalari kiçik bir maket körinişida örnatib qöyilgan dekoratsiyaga öxşaydi.