Visual Capitalist Jahon sayohat va turizm kengaşi - WTTC maʼlumotlari asosida 2025-yildagi eng yirik 25 ta turizm iqtisodiyotini taqqoslagan.

Baholaşda mehmonxonalar, restoranlar va transport kompaniyalari faoliyatidan taşqari, ularga tovar va xizmat yetkazib beruvçilar hamda soha xodimlarining xarajatlari orqali yuzaga keladigan iqtisodiy taʼsir ham hisobga olingan. Şuning uçun bu röyxat eng köp xorijiy sayyoh qabul qilgan davlatlar reytingi bilan bir xil emas.

Birinçi uçlik quyidagiça:

  1. AQŞ - 2,63 trillion dollar;

  2. Xitoy - 1,75 trillion dollar;

  3. Germaniya - 566 milliard dollar.

AQŞning körsatkiçi Xitoynikidan qariyb 50 foiz yuqori. Ikki davlat örtasidagi farq 880 milliard dollarga yetgan. Bu qolgan har qanday alohida mamlakatda turizmning iqtisodiyotga qöşgan hissasidan ham katta.

Germaniya Yevropa yetakçisiga aylanib, Fransiya va Ispaniya kabi maşhur sayyohlik yönalişlarini ortda qoldirgan. Bunda mamlakat içki bozorining kattaligi muhim ahamiyat kasb etgan.

2025-yilda Germaniyada qayd etilgan tunab qolişlarning qariyb 83 foizi mamlakat aholisi hissasiga töğri kelgan. Xorijiy mehmonlarning tunab qolişlari kamayganiga qaramay, içki talab hisobiga joylaştiriş muassasalarida yillik rekord natija kuzatilgan.

Yaponiya esa 2025-yilda rekord darajada - 42,7 million xorijiy sayyohni qabul qilgan. Bu 2024-yildagidan 15,8 foiz köp. Sakura gullaşi va qişki sport turlari kabi mavsumiy yönalişlar bilan birga, Osakada ötkazilgan Expo jahon körgazmasi ham safarlarga qöşimça turtki bergan.

Xitoyning turizm iqtisodiyoti 2025-yilda 9,9 foizga ösgan. Bu örtaça jahon ösiş surʼatidan ikki baravardan ham yuqori. Xorijiy sayyohlar soni 15,5 foizga köpayib, 68 milliondan oşgan, ularning xarajatlari esa pandemiyadan oldingi darajadan yuqorilagan.

Mamlakatga kiriş tartiblarining yengillaştirilişi ham sayyohlarni jalb qilişga yordam bermoqda. Xitoy vizasiz kiriş mumkin bölgan davlatlar röyxatini kengaytirib, tranzit yölovçilar uçun ruxsat etilgan qoliş muddatlarini uzaytirgan. Çegaradan ötiş jarayonlari va raqamli tölov xizmatlarining qulaylaşişi ham sayohatlarni osonlaştirmoqda.