45 kun jazirama asfaltda bolasining tuzalişini kutdi...
Ona-ku ona, bolasining dardi otalarni ham yiqitadi. Şohigul opa nabirasining xastaligi sabab öğli ham soğliğini yöqotganidan yurak-bağri kuyib ketyapti.
“Bolamning tört qizdan keyin tilab-tilab olgan öğli edi. Tinimsiz mazasi bölavermagaç şifokor analiz qilib kördi. Öğlimga analiz javoblarini körsatib, bolang oqqon bölib qolibdi, peşonang şör ekan, buni tez Toşkentga olib bor, deb aytdi. Doktor ham yiğlab yubordi.
Öşanda tungi 11 edi. Keçasi bölişiga qaramay bolam yölga tuşdi. Doktorlar bu bölmaydi, qaytarib olib ketaveringlar, debdi. Şu gapni eşitib bolamning miyasiga qon quyilibdi. Sarğayma, boşidan gematoma orttirib oldi bolam şörlik.
45 kun jazirama asfaltda bolasining tuzalişini kutdi. Qayt bolajonim, deb yolvordim. Ona, bolam bölmasa menga hayot kerak emas, deb bir qadam siljimadi. Hovlisini, bor mol-holini sotdi. Xudoga şukur doktorlar ança yaxşi qilib berişdi”, deydi ham nabirasi, ham bolasiga kuyinayotgan onaizor.
Jismoniy tarbiya öqituvçisi bölgan ota, bolasining xastaligidan söng soğliğini yöqotib, işlaşga yaroqsiz bölib qoladi. Yusufjon tuzalişi uçun esa hali bir neça davolaş bosqiçlarini bosib ötişi kerak.

Yusufjon Eşpölatovga oid ma’lumotlar:
UzCard: 8600 0602 5148 2114 bobosi Eşpölat Saidov nomida
Humo: 9860 0825 2143 0775 buvisi Şohigul Sultonova nomida
Manzil: Qaşqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Yuksaliş mahallasi, Uçqun köçasi 1-uy.
“Sotişga uyimiz, biror arzirli narsamiz bölsa edi”
Ayolning joni qirqta böladi, deyişadi. Yöqçilikkayam, xastalikkayam çidaydi. Eri bilan yelkama-yelka rözğor aravasini ham tortadi. Ammo farzandi xastalansa, qirq joni ham uzilib ketgandek böladi. Jayna opa ham şunday ayollardan biri.
“Erim ham, özim ham işsizman. Qizim kasallangunga qadar bozordan sut-qatiq olib kelib qöşnilarimga sotib kun keçirardim. Töqqiz yildan beri ijarada turamiz. Qizimning mazasi bölavermagaç, şifoxonaga olib bordik. Oğzi-burnidan tinimsiz qon kelaverdi. Zudlik bilan reanimatsiyaga yotqizişdi. Keyin Nukusga olib borişimizni aytişdi. Qölimda 35 ming pulim qolgan, nima qilişni bilmayman. Qarindoş-uruğ yordami bilan qaynonam ikkimiz qizimni Toşkentga olib keladigan böldik. Poyezdga çiqarkanmiz bolam otasini quçoqlab olgan. Siz ketmasangiz men ham bormayman, deb yiğlaydi. Otasi ham köz yoşlarini tiya olmaydi. Birga kelaman desa pulimiz yöq, nima qilişni bilmaymiz”, deydi Jayna opa ökinç bilan.














