Qarama-qarşilikning navbatdagi kuni RF Qora dengiz flotining Sevastopoldagi bazasiga dronlar hujumi va Rossiya hukumatining ukrain portlaridan buğdoy olib çiqilişi xavfsizligini ta’minlab kelayotgan «buğdoy kelişuvi»dan çiqişi bilan yodda qoldi. RF mudofaa vazirligi Buyuk Britaniyani «Şimoliy oqim» quvurlariga diversiya uyuştirişda gumonladi (Londonda bu ayblov yolğon ekani ma’lum qilindi). Rossiya telegram-kanallarida Markaziy harbiy okrug qömondoni, general Aleksandr Lapinning taqdiri faol muhokama qilinmoqda. Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning navbatdagi tanqidlaridan keyin manbalar Lapin lavozimidan ozod etilgani haqida yoza boşladi.

Quyida 29 oktyabr, uruşning 248-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar keltiriladi.

Xerson atrofidagi front çiziğida HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimlari paydo böldi

Hannibal Hansçku / EPA / Scanpix / LETA

HIMARS — eng muhim zamonaviy qurollardan biri va Ukrainadagi uruşning haqiqiy ramzi. Ğarbdan aynan şunday raketa tizimlari yetkazib berilgani tufayli Ukraina qurolli kuçlari uruşda buriliş yasadi: Rossiya guruhlarining front ortidagi logistik markazlariga samarali zarbalar berilişi oqibatida RF qurolli kuçlari ta’minoti buzildi va Ukraina armiyasi Xarkiv oblastini qaytarib oldi. Şu bilan birga frontda HIMARS oxirgi vaqtlarga qadar «arvoh qurol»ga aylangandi: bunday tizimlar sönggi bor iyul oyi boşida tasvirga tuşirilgan. 29 oktyabr kuni HIMARS yana fotograf obektiviga tuşdi — bu safar ayni vaqtda harbiy harakatlarning «qaynoq» nuqtalaridan biri bölib turgan Xerson oblastida.

Hannibal Hansçku / EPA / Scanpix / LETA

HIMARS sovetlarning baravar öt oçiş reaktiv tizimlaridan uç muhim afzalligi bilan ajralib