Kursk va Belgorodda mudofaa çiziqlari qurilmoqda. Kreml «xalq uruşi»ni uyuştirmoqçimi?
|00:04 / 31.10.202231 84214 min
Vladimir Putin Ukrainada e’lon qilgan «maxsus harbiy operatsiya»ning töqqizinçi oyiga kelib, Rossiya hukumati Ukraina bilan çegaradoş Kursk va Belgorod oblastlarida mustahkamlangan mudofaa çiziqlarini barpo etmoqda. Bu qanday yuz berdi va bu çiziqdan qanday amaliy harbiy foyda bor?
Foto: ROMAN STAROVOYTFoto: ROMAN STAROVOYT
Kursk gubernatori bu suratni öz telegram-kanalida joylaştirgan. Biroq ambrazura (tuynuk) pulemyotdan öt oçiş uçun möljallanmagan - soşkani (tirgak) qöyişga joy qoldirilmagan. Foto: ROMAN STAROVOYT
Kursk gubernatori Roman Starovoyt Ukrainaning ehtimoliy bosqinini töxtatiş uçun oblastda ikkita çiziqda harbiy istehkomlar tiklanayotgani haqida xabar berdi.
«Uşbu haftada Kursk oblastining ikki qatorli mustahkamlangan mudofaa çiziğini şaxsiy tarkib bilan ta’minlaş va quriş işlari yakunlandi. Amaliyot Rossiya Mudofaa vazirligi va Kursk oblasti Çegara xizmati bilan hamkorlikda amalga oşirildi. Uçinçi qator çiziği 5 noyabrgaça tayyor böladi. Biz hududimizga uyuştiriluvçi har qanday tajovuzni qaytarişga tayyormiz», – deb yozadi gubernator özining telegram-kanalida.
Kursk oblasti hududiy xavfsizlik qömitasi rahbari Mixail Gorbunov 25 oktyabr kuni oblastning çegara tumanlari va asosiy magistral yöllariga kiriş ustidan nazorat kuçaytirilgani, boşpanalarni, jumladan, yertölalarni tozalaş böyiça faol iş olib borilayotganini ma’lum qildi.
«Kursk oblastidagi boşpanalar 1,5 million kişini himoya qilişi mumkin», – deydi Gorbunov. U şuningdek aholini gavjum obektlar: banklar, poçta bölimlari, dökonlar yaqinida boşpana va xandaqlar qurişga çaqirgan.
Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov ham temir-beton bloklardan mudofaa inşootlari qurilişini ma’lum qildi. Ukrainaning bosib olingan Luhansk oblastida ham xuddi şunday istehkomlar qurilgan bölib, ularni safida professional yollanma askarlar jang qilayotgan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi va rus mahbuslari (ularning köpçiligi oğir va ayniqsa öta oğir zöravonlik jinoyatlari sodir etganlikda ayblangan, ammo Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnaşiş evaziga ularga ozodlik va’da qilingan) barpo qilgandi.
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) asosçisi, tadbirkor va Vladimir Putinning yaqin dösti Yevgeniy Prigojin 19 oktyabr kuni Belgorod oblastidagi mudofaa inşootlari qurilişiga XHK xodimi, Rossiya qahramoni Andrey Bogatov rahbarlik qilayotganini aytdi.
Uning qöşimça qilişiça, oblastda XHK instruktorlari tomonidan öqitiluvçi «xalq militsiyasi» ham tuziladi.
Bu beton tösiqlar Belgorod oblasti hududida paydo bölgan. Lekin bunday oçiq holatdagi tösiqlar tanklar uçun katta muammo tuğdirmaydi
Mavzuga oid
Foto: VYACHESLAV GLADKOV
Bu qanday yuz berdi?
2022 yilning 24 fevralida Rossiya qöşinlari Putin buyruği bilan Ukraina hududiga bostirib kirguniga qadar ham heç kim na Kursk, na Belgorod oblastiga hujum qilişni rejalaştirmagandi.
Uruş boşida öyin «bir tomonlama» edi. Rus bölinmalari Xarkiv va Ukrainaning boşqa şaharlarini tinimsiz öqqa tutdi, Rossiyaning çegaraoldi hududlari esa tinç va osoyişta yaşadi.
Biroq tez orada vaziyat özgardi — Rossiya hududiga ham «raketa parvozlari» boşlandi. Avvaliga bu tasodifdek körindi, ammo keyinroq bu ongli hujumlar ekani oydinlaşa boşladi.
10 oktyabrdan Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga keng kölamli zarbalar berişni boşlagaç, Rossiyaning Ukraina bilan çegaradoş oblastlardagi turli obektlarda muntazam ravişda portlaşlar röy bera boşladi.
Vladimir Putin 19 oktyabr kuni Markaziy va Janubiy federal okruglar, jumladan, Kursk va Belgorod oblastlarida yuqori tayyorgarlik rejimini joriy etdi.
Ukraina Rossiya hududiga qilingan hujumlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgani yöq. Belgorod, Bryansk va boşqa rus şaharlari yaqinida yuz berayotgan har bir navbatdagi portlaş yoki yonğin Kiyev tomonidan odatda rus artilleriyaçilari va raketaçilarining olovli zaxiralarga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bölişi oqibatida yuz bergan deya izohlanadi. Bunga işoniş qiyin, albatta.
2014 yilda Rossiya ham xuddi şunday pozitsiyada bölgandi.
Xususan, «yaşil odamçalar» Qrimni egallab olganda, Donbassdagi «konçilar» va «traktorçilar» tösatdan yaxşi öqitilgan armiyaga aylangan va zamonaviy oğir qurollarga ega bölganda Rossiya rasmiylari ham yelkalarini şunçaki qisib qöyib şunday degandi — «biz bilmaymiz, bizning aloqamiz yöq, biz mojaro tarafdori emasmiz».
Prigojin yordam berişga tayyor
Rossiyaning harbiy sohaga ixtisoslaşgan telegram kanallarida Mudofaa vazirligi buyruği bilan noma’lum zavodda katta miqdorda temir-beton uylar (harbiy post yoki çiziqlarga örnatiladi) tayyorlanayotgani videosi tarqaldi. «Ular juda köp. Sonini e’lon qilmayman, lekin ular juda köp», – deydi boşlovçi videoda.
Videodan körinib turibdiki, temir-beton uylar devorlari qalinligi taxminan 300 mm bölgan temir-beton monolitdan yasalgan.
Foto: ROMAN STAROVOYT
«Vagner çiziqlari» uçun zarur elementlar bir neçta Belgorod korxonalari tomonidan işlab çiqarilmoqda, deya xabar beradi «Vesti» portali.
Rossiyaning boşqa hududlarida mudofaa çiziqlari quriş imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan, Prigojin şunday degan: «Albatta, biz özining himoyasi uçun qayğurayotgan har qanday oblastga har tomonlama yordam berişga tayyormiz».
Rossiya hududida mudofaa çiziği qurilişidan qanday harbiy maqsad közlagan?
Aholini hisobga olgan holda jami safarbarlik resurslari Rossiyanikidan qariyb 3,5 baravar kam va armiyasi köp jihatdan Ğarb qurollari ta’minotiga boğliq bölgan Ukrainaning Rossiya hududiga bostirib kiriş orqali qöşinlarini bölib yuborişi juda mantiqsiz qaror bölardi. Bundan taşqari, uning ittifoqçilari bunday qadamni mudofaa uruşi sifatida emas, balki tajovuz va mojaroning xavfli jiddiylaşişi sifatida qabul qilişi mumkin.
Qurilayotgan dala istehkomlari rus aholi yaşaş manzillarini hujumlardan himoya qila oladimi? Agar zarbalar uzoq masofali qurollardan bölsa, javob aniq — yöq.
Agar Kursk va Belgorod oblastlari ma’muriyatlari hali ham duşmanning quruqlik orqali hujumini qaytariş haqida öylayotgan bölsa, u holda ular mudofaa çiziqlarida yetarli askar va qurollar bölmasa, mudofaa çiziğidagi tayanç nuqtalar foydasiz ekanini tuşunişi kerak. Ukraina xohlasa ularni osonlik bilan egallab oladi va mustahkamlab, ruslarga rahmat ham aytadi.
Zamonaviy uruşlar şaroitida, bir kilometr uzunlikdagi frontni 100-120 kişidan iborat motoöqçi rotasi himoya qilib tursa, bu normal standart hisoblanadi. Iloji bölsa yanada köproq bölgani ma’qul. Va bu olovli qöllab-quvvatlovçi kuçlar — artilleriya, zirhli transport vositalari, aviatsiya, şuningdek, havo hujumidan himoya tizimlari, radioelektron mutaxassislar, sapyorlar, aloqaçilar, razvedkaçilar, dron operatorlari va boşqa köplab mutaxassislardan taşqari miqdor.
Belgorod oblastining Ukraina bilan çegarasi uzunligi 540 km, Kursk oblastiniki esa 245 km. Oddiy hisob-kitob şuni körsatadiki, bunday mudofaa çiziği himoyasini töldiriş uçun faqat oldingi çiziqqa kamida 80-95 ming jangçi kerak böladi. Ammo bu hali hammasi emas.
Zaxirada ahvol qanday?
Armiya — bu juda katta maşina. Uruş zonasidagi askar va ofitserlar uning kiçik bir qismini taşkil qiladi. Urişayotgan jangovar bölinmadagi bitta askar uçun butun armiya hisobida örtaça boşqa beş nafar askar (önta bölsa yanada yaxşiroq) işlaydi. Bu polkovnikmi yoki oddiy askarmi, katta ahamiyat kasb etmaydi — frontdagi ehtiyojlar taxminan teng böladi.
Boş ştab, texnik-muhandislik, tibbiy, komissarlik xizmatlari. Artilleriya uskunalari ombori, yoqilği-moylaş, moddiy ta’minot omborlari. Harbiy texnika va qurollarni ta’mirlaş hamda texnik xizmat körsatiş, buxgalteriya hisobi, yuklaş, tuşiriş, xavfsizlik, transport va kommunal xizmatlar, aloqa, poçtani şifrlaş, ovqatlanişni taşkil qiliş, tozalik, çoyşabni almaştiriş, sanitariya. Öqitilayotgan, zaxiradagi va qayta taşkil etilgan bölinmalar. Kontrrazvedka, huquqşunoslar, moliyaçilar, psixologlar, instruktorlar, harbiy yöl politsiyasi, yonğin xavfsizligi. Har xil inspektorlar. Bu frontdagi jangovar qismlarni ta’minlaş uçun mas’ul bölgan xizmatlarning töliq bölmagan röyxati.
Şunday qilib, front çiziğidagi 80-95 ming harbiy xizmatçi uçun kamida 400-475 ming kişilik ta’minot tizimi kerak böladi. Bu, rasmiy ma’lumotlarga köra, yaqinda bölib ötgan safarbarlik paytida armiyaga jalb qilinganlar sonidan deyarli ikki barobar köproq.
«Xalq uruşi»
22 oktyabr kuni Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbarining birinçi örinbosari Sergey Kiriyenko bugungi Rossiyada isyonkor körinuvçi bir neça gaplarni aytdi.
Birinçidan, u Ukrainada sodir bölayotgan voqealarni «uruş» deb atadi. Rossiyada uşbu sözni Rossiya armiyasining Ukrainadagi bosqiniga nisbatan işlatgani uçun naşrlar bloklanadi, fuqarolarga nisbatan esa jinoiy iş qözğatiladi.
Ikkinçidan, u bu uruşda ğalaba qozoniş uçun ba’zi şartlarni aytdi — ya’ni Kriyenko bu bilan Rossiya ğalabasi sözsiz emasligi haqida aniq tuşunça berdi (şartlar bajarilmasa, ğalaba bölmaydi).
«Rossiya har doim xalq uruşiga aylangan har qanday uruşda ğolib bölgan. Bu doimiy takrorlangan. Biz bu uruşda harbiy jihatdan ham, iqtisodiy jihatdan ham, albatta, ğalaba qozonamiz. Şuningdek, bizga qarşi olib borilayotgan psixologik va axborot uruşida ham muvaffaqiyatga erişamiz. Lekin buning uçun bu uruş xalq uruşi (harbiylardan taşqari xalq köngilli otryadlari ham janglarda qatnaşuvçi uruş) bölişi kerak, har bir inson daxldorlik tuyğusini his qilişi uçun zarur», – dedi Kiriyenko Butunrossiya sinf rahbarlari forumida.
24 oktyabr kuni «uruş» atamasini Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov yanada «qonuniylaştirdi».
«Biz oldin Ukraina hududida maxsus harbiy operatsiya ötkazyapmiz deb aytgan edik, lekin endi bu tölaqonli uruşga aylandi. Uruş allaqaçon bizning hududimizda ketmoqda», – degan u özining Telegram-kanalidagi audiomurojaatida. Çeçeniston rahbari bu fikrini qayta-qayta aytgan.
Prezident ma’muriyati rahbari örinbosari va Çeçeniston rahbari tasodifan notöğri gapirgan yoki Boş prokuratura va «Roskomnadzor»ga çaqiruv taşlaşga qaror qilgan degan taxminlar asosga ega emas. Ehtimol, Rossiya rasmiylarining uruş borasidagi ritorikasining özgargani haqidagi taxmin köproq asosli böladi.
Rossiyaning tezkor safarbarlik ötkazişi, zaxiradagi harbiy xizmatçilar va hattoki, mahbuslarni zudlik bilan frontga safarbar etişi Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya» umuman reja böyiça ötmaganini körsatib turibdi. Uruş tarafdorlari safarbarlik qarorini keçikkan qaror deya hisoblamoqda. Frontdagi vaziyat allaqaçon oğir ahvolda, Ukraina qarşi hujum qilib, öz hududlarini ozod etmoqda.
Rus oilalari tobutlarni qabul qilişda davom etyapti, köplab askarlar uyga nogiron bölib qaytyapti, iqtisodiy ahvol yomonlaşmoqda va şu bilan birga fuqarolarning şaxsiy moliyaviy ahvoli ham. Rossiya rasmiylariga «maxsus harbiy operatsiya» atamasi doirasidan taşqariga çiqmagan holda odamlarga nima bölayotganini tuşuntiriş tobora qiyinlaşmoqda.
Foto: ROMAN STAROVOYT
Uruş esa boşqa gap, unga köp narsalarni boğlaş mumkin. Endi faqat ruslar nima uçun uruşga kirganini asoslaş qoldi.
«Birodar Afğoniston xalqiga xalqaro yordam körsatiş», «Çeçenistonda konstitutsiyaviy tuzumni tiklaş böyiça operatsiya», «Gruziyada tinçlikni saqlaş böyiça operatsiya» – SSSR va Rossiya öz harbiy kampaniyalarini şunday nomlangandi. Harbiy-siyosiy rahbariyat bu uruşlar uçun qanday rejalar tuzgani muhim emas, lekin heç bölmaganda nomlarning özi qandaydir maqsadni körsatadi.
Ukraina uçun qanday nom öylab topiş mumkin?
Sönggi paytlarda rus propagandaçilari Rossiya Ukraina bilan emas (yoki nafaqat Ukraina), balki butun NATO bloki bilan uruş qilmoqda, degan ğoyani tobora köproq tarğib qilmoqda. Mantiq tuşunarli – özlari Rossiya aholisini yillar davomida kuçsizligiga işontirib kelgan Ukrainaga yutqaziş şarmandalik.
Lekin Rossiyani qanday qilib tiz çöktirişni öylaydigan kuçli, makkor duşman bilan kuraşişni aytiş esa boşqa gap.
Uşbu ğoyaning zaif tomoni şundaki, hatto eng bilimdon rossiyalik oddiy odam ham Şimoliy Atlantika alyansi nima ekanligi haqida taxminan quyidagiça tasavvur qiladi: NATOda bir neça önlab samolyot taşuvçi kemalar, minglab samolyotlar va qanotli raketalar mavjud. Va oddiy odam ham, ehtimol, tuşunadiki, bunday duşman bilan uruş faqat neft omborlari portlaşi va alohida binolar vayron qilinişi bilan çeklanib qolmagan bölardi.
Oddiy odamlarni uruşni davom ettiriş zarurligiga qanday işontiriş mumkin?
Kiriyenkoning sözlariga köra, «har bir inson öz mas’uliyatini his qilişi uçun bu xalq uruşi bölişi kerak».
Kreml rasmiysi qanday qilib odamlarni Ukrainaga qarşi uruşning yangi şakliga da’vat qilişi haqida heç nima demagan.
Ehtimol, bunday vositalardan biri odamlarga banklar, poçta bölimlari va dökonlar yaqinida boşpana va okoplar tayyorlaş haqidagi vahimali tavsiyalar berişdir. Yoki Moskvada allaqaçon paydo bölgan eng yaqin «boşpana»ga borişni körsatuvçi belgilardir.
Bular rossiyaliklarga uruş yanada yaqinroq kelayotganini his qildirişi lozim.