
Ma’lumot örnida aytiş mumkin, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati jahonda oltin işlab çiqaruvçi yirik kompaniyalar öntaligiga kiradi. Kombinat yerosti boyliklari zaxiralarini geologik qidiriş, qazib oliş va qayta işlaşdan to tayyor mahsulot olişgaça bölgan işlab çiqariş jarayonlari töliq amalga oşiriladigan sanoat klasteridir.
Kun.uz jamoasi jamiyat tasarrufidagi “Zarmitan” koni işçisi misolida konçilar hayoti, sohaning biz bilmagan qirralari bilan tanişdi.
2022 yilning avgust oyida “Zarmitan” sanoat maydonida “Skip” va “Klet” harakatlanadigan şaxtaning çuqurligi 1 000 metrga yetdi. Bu hali Özbekistonda soha tarixida kuzatilmagan holat.

Nega şaxtaning çuqurligiga e’tibor qaratyapmiz? Çunki yer ostidan turli ma’danlar qazib olinarkan, avvalo bu qatlamga tuşişning özi bir maşaqqatli jarayon hisoblanadi. Yer ostida işlaş, nafas oliş, harakatlaniş uçun şaroit yaratiladi. Umuman olganda, birinçi marta bu holatga guvoh bölarkansiz, hayratingizni yaşira olmaysiz. Biroq siz bilan maxsus moslama orqali yer qa’riga kirib borayotgan insonlar – konçilar uçun bu hayratli emas. Ular uçun bu mas’uliyat, ehtiyotkorlik va mehnatdir.


“Zarmitan” konida lahim kovlovçi vazifasida işlab kelayotgan Şavkat Tursunov bilan şaxtaga tuşdik. U sohada öttiz yildan ortiq mehnat qildi. Biz ilk bor yer ostiga tuşganimiz sabablimi, harakatlaniş juda maşaqqatli böldi. Yerosti yölingiz har doim ham ravon, yoruğ emas. Oyoq osti ba’zan suv va loy, harakatlaniş uçun çaqqon, huşyor bölişingiz lozim. Şavkat aka kabilar uçun bu kundalik iş.
Darvoqe, Şavkat Tursunov NKMKning soha fidoyilari uçun beriladigan uçta kökrak nişonni ham olib bölgan. Bu darajaga sohada hamma ham erişa olmaydi. “Döstlik ordeni” sohibi. Biroq u lahimçi. Har kuni kamtar bölib işga keladi, maxsus kiyim-boşni kiyadi va yer ostiga kiradi. Mukofotlar va e’tiroflardan havolanmagan. Şogirdlari, döstlari bilan birga.
Biz uning iş jarayonini tasvirga olar ekanmiz, aynan qanday şaroitda qanday vazifani bajarayotganini uyidagilar ham unçalik yaxşi bilmasligini aytib qoldi.

















