Çernihov viloyati harbiy ma’muriyati boşliği Vyaçeslav Çaus zarbalar haqida, xususan, özining Telegram-kanalida yozgan. Mikolayiv viloyati rahbari Vitaliy Kimning sözlariga köra, raketalarning bir qismi Mikolayivdan şimol va şimoli-ğarbga ötgan. 

Mahalliy hukumatlar şuningdek, Kiyev, Vinnitsa, Xarkiv, Poltava viloyatlari hamda Krivoy Rohda Rossiyaning öqqa tutişi haqida xabar bermoqda. Rovnoye şahri meri Aleksandr Tretyakning Telegram-kanalidagi ma’lumotlariga köra, köplab hududlarda havo hujumidan mudofaa tizimlari işlayapti. 

Bir sutka içida Rossiya qöşinlari 4 ta raketa, 5 ta aviatsiya zarbasi berdi, bir neçta raketa tizimlaridan 90 dan ortiq hujumlarni amalga oşirdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabining Facebook ijtimoiy tarmoğidagi ertalabki xulosasida aytiladi. 

«20 dan ortiq aholi punkti duşmanning zarbalariga uçradi. Ular orasida Xarkiv viloyatidagi Kupyansk, Donetsk viloyatidagi Seversk, Xerson viloyatidagi Novaya Kamenka, Mikolayiv viloyatidagi Bereznegovatoye va Oçakov şaharlari bor», — deyiladi xabarda. 

Xarkivda 31 oktyabr kuni ertalab ruslar muhim infratuzilma obektiga zarba berişdi, dedi şahar meri Igor Terexov. «Xarkovga ikkita zarba yetib keldi. Duşman şahardagi muhim infratuzilma obektiga zarba berdi», deb yozdi u Telegram’da. 

Çerkassk viloyatida muhim infratuzilma obektiga zarba berilgan, natijada mintaqaning bir qismi elektr energiyasiz qolgan, dedi Çerkassk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Igor Taburets Telegram’da. Favqulodda xizmatlar voqea joyida işlayapti, dedi u.