1990 yilda taşkil etilgan Açarya instituti tarmoği Bangalor şahridagi eng yirik xususiy ta’lim muassasalaridan biridir. Uning tarkibiga 10 ta institut va 15 ta tadqiqot markazlari kiradi. Açarya institutlari tarmoğida 75 mamlakatdan 15 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Ta’lim 100 dan ortiq öquv dasturlari böyiça olib boriladi.

Vişeş Çandraşekxar Özbekistonning Hindistondagi elçixonasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi kömagi bilan olib borilgan muzokaralardan söng Özbekistonda xalqaro Açarya universitetini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişilganini ta’kidladi.

Uçraşuvda uşbu kelişuvni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi. Buxoro viloyatida raqamli texnologiyalar sohasida Özbekiston-Hindiston universiteti oçilişi ilğor xalqaro ta’lim texnologiyalarini respublikaga joriy qilişga kömaklaşişi qayd etildi.