Moliya vazirining “Içki audit milliy standartlarini tasdiqlaş haqida”gi buyruği imzolandi.
Hujjat bilan budjet mablağlarini taqsimlovçilar va ular tizimidagi budjet taşkilotlari hamda davlat maqsadli jamğarmalarining içki audit xizmati uçun milliy standartlar örnatilmoqda.
Standartlarga muvofiq:
- içki audit xizmati öz faoliyatida vazirlik va idora boşqa tarkibiy bölinmalaridan mustaqil hisoblanadi va bevosita vazirlik va idora rahbariga böysunadi hamda unga hisobdordir;
- içki audit tadbirlari içki audit yillik rejasi asosida içki audit obektida ötkaziladi;
- budjet töğrisidagi qonunçilik hujjatlari buzilgani töğrisida ma’lumotlar kelib tuşganda hamda fuqarolar iştirokidagi audit tizimi orqali içki audit tadbiri ötkaziladigan içki audit obektlari aniqlanganda, içki audit tadbirlari vazirlik va idora rahbari qarori asosida ötkaziladi;
- içki audit tadbiri içki audit tadbirini ötkaziş guruhi yoki içki audit xizmati xodimi tomonidan ötkaziladi;
- içki audit xizmati içki audit obekti rahbariga auditdan 5 kun oldin içki audit tadbiri davomida bajariladigan işlar töğrisida qisqaça ma’lumot, içki audit tadbirini ötkazişda taqdim etilişi lozim bölgan ma’lumotlar va hujjatlar röyxati hamda ularni taqdim etiş muddatlari, içki audit tadbirini ötkaziş guruhi a’zolari röyxatini ilova qilgan holda xabarnoma yuboradi.
2023 yil 1 sentabridan boşlab içki audit xizmati xodimi malakasi içki audit milliy malaka sertifikati orqali tasdiqlanadi.












