«Men Rossiya fuqaroligidan rasman voz keçdim», deb yozgan u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida. U instagramida 26 oktyabr kuni berilgan fuqarolikdan çiqiş töğrisidagi ma’lumotnoma suratini ham joylagan.

«Bu voqealarni körişni va Putin faşizmiga aloqador bölişni istamayman. Sobiq vatandoşlarimning şunçaki tinç aholini öldirayotganini, mulkini talon-toroj qilayotganini körişni istamayman. Sönggi 3 yil davomida çekkan aziyatlardan keyin bu voqealarni unutişni istayman. Umid qilamanki, yanada köproq tadbirkorlar biznes va fuqaroligidan voz keçib, faşizm uçun işlaşni bas qilişadi», deb yozgan ayni vaqtda Londonda istiqomat qilayotgan Tinkov. 

Oleg Tinkov Rossiyaning «Tinkoff bank» kompaniyasi asosçisi va sobiq rahbari hisoblanadi. 

2021 yilda Tinkov AQŞda soliq jinoyatlarini sodir etişda ayblangan edi. Şundan söng, AQŞ sudi bilan kelişuvga erişib, yetkazilgan zarar uçun kompensatsiya sifatida 506 mln dollar tölaşga rozi böldi. 

Oleg Tinkovda Kipr Respublikasi fuqaroligi ham bor. 

Duşanba kuni boşqa bir bankir - Revolut fintex-startapi asosçisi Nikolay Storonskiy ham Rossiya pasportidan voz keçgani ma’lum böldi. Unda Buyuk Britaniya fuqaroligi ham bölgan. Oktyabr oyida boşqa rossiyalik milliarderlar - DST Global fondi rahbari Yuriy Milner, Freedom Finance kompaniyasi rahbari Timur Turlov, «Troyka Dialog» kompaniyasining sobiq rahbari Ruben Vardanyan ham Rossiya fuqaroligidan namoyişkorona voz keçgan edi. 

Uruşga qarşi çiqişlar

28 fevral kuni, Ukrainada keng kölamli uruş boşlanganidan tört kun ötib Tinkov şunday yozgandi: «Hozir Ukrainada begunoh odamlar ölmoqda, har kuni, bu aqlga siğmas va yöl qöyib bölmas iş! Davlat pulni uruşga emas, odamlarni davolaşga, saraton ustidan ğalaba qozoniş uçun tadqiqotlarga sarflaşi kerak. Biz bu uruşlarga qarşimiz!»

Aprel oyida u yanada keskinroq çiqiş qiladi. Öşanda u Rossiya armiyasining harbiy tayyorgarligi darajasiga keskin sözlar bilan baho bergandi. «Bu bema’ni uruşni qöllayotgan biror kişini körmadim. Oddiy odamlar, askarlar ölmoqda. Generallar sarmastlikdan öziga kelib qarasaki, armiyalari heç narsaga yaramaydi. Axir qolgan hamma soha rasvo bölib yotganda, armiya qanday yaxşi bölsin? Kremldagi amaldorlar nafaqat özlari, hatto bolalari ham Örta Yer dengizida çömila olmasligidan hayratda, tadbirkorlar oxirgi mulkini saqlab qolişga urinmoqda. Albatta, Z çizib olgan axmoqlar ham bor, lekin unutmangki, axmoqlar hamma yerda köpi bilan 10 foizni taşkil qiladi. 90 foiz rossiyaliklar bu uruşga qarşi», degandi bankir.