Qonun loyihasi 1-öqişda 2022 yil 26 iyulda körib ma’qullangan. 1 noyabr kuni Qonunçilik palatasi yangi qonun loyihasini ma’qullab Senatga jönatdi.
2-öqişga tayyorlangan loyihadagi qöşimça va özgartirişlar haqida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi a’zosi Faxriddin Samadov ma’lumot berdi. Unga köra, loyihada davlat çegara orqali ötkaziş punktida jismoniy va yuridik şaxslarning huquq va majburiyatlarini belgilovçi normalar kiritilgan. Mazmun jihatdan boblar 10tadan 9taga qisqartirilib, 73 moddadan iborat tahriri tayyorlangan.
Ma’lum qilinişiça, loyiha yangi 10-modda bilan töldirilgan. Unda davlat çegarasini qöriqlaş va himoya qilişda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qiliş böyiça ham normalar kiritilgan. Davlat çegarasi rejimini belgilaş nazarda tutilgan 33-moddaga, davlat çegarasini şaxslar va transport vositalari tomonidan kesib ötiş bilan boğliq normalar qöşilgan. 42-moddadagi şaxslarning, transport vositalari va tovarlarning davlat çegara amaliyotidan kelib çiqqan holda asoslar bilan töldirilgan.
2-öqişdagi muhokamalar asosan qonun loyihasidagi hujjatdagi ayrim atamalar va mazmunan töldiriş kerak bölgan örinlar haqida böldi.
Şundan söng uçinçi öqişda qabul qilingan qonun loyihasi Senatga yuborilişi belgilandi. Hujjat Senat tomonidan tasdiqlanib, prezident imzolagaç kuçga kiradi.







