Saudiya Arabistoni sayyohlik şirkatlari va Indoneziya turkompaniyalari podşohlikdagi vakillariga Özbekistonda xalqaro turizmni rivojlantiriş böyiça yaratilgan qulay şaroitlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlar töğrisida ma’lumotlar berildi.
Samarqand, Xiva, Buxoro, Toşkent va boşqa tarixiy şaharlar sayyohlik salohiyati, noyob tarixiy va me’morçilik inşootlari, tabiat gözalligi va rang-barangligi, Özbekiston xalqi köp asrlik hunarmandçilik an’analari, urf-odatlari va bayramlari har yili köplab sayyohlarni jalb qilayotgani ta’kidlandi.
Ekspertlar e’tibori Özbekistonda yaratilgan zamonaviy sayyohlik infratuzilmasi, turizm öziga xos turlari (“gastronomik turizm”, “ekologik turizm”, “qişki turizm”) hamda mamlakat mehmonlari uçun yaratilgan qulay şart-şaroitlarga qaratildi.
Taqdim etilgan ma’lumotlar soha vakillarida katta qiziqiş uyğotdi. Indoneziyaning Jejak Imani va Jannah Firdaus turkompaniyalari Özbekistondagi hamkasblari bilan özaro hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qilişdan manfaatdorlik bildirdi.












