Ukraina davlati rahbarining sözlariga köra, Rossiyaning qöşni davlatdagi nişonlarga yangi zarbalari «Rossiya mas’uliyati böyiça xalqaro konsensusni faqat osonlaştiradi va yaqinlaştiradi».
Şu bilan birga, har önta aniq berilgan zarba uçun Rossiya armiyasi kamida tört baravar köproq raketa sarflayapti, deya ta’kidlab ötdi Zelenskiy.
«Dunyo körib turibdiki, dunyoning sobiq ikkinçi armiyasi öz samaradorligi böyiça hozirgi kunda hatto 22-örinda ham emas. Biz u umuman ikkinçi yuzlikka kirişi uçun hamma narsani qilamiz», - deya qöşimça qildi Ukraina davlati rahbari.
Bundan oldin Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi harbiy hujum boşlanganidan beri Rossiya allaqaçon janglarda 70 mingdan ortiq harbiy xizmatçilarini yöqotganini ma’lum qilgandi.
Uning sönggi ma’lumotlariga köra, 24 fevraldan beri Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlarining umumiy jangovar yöqotişlari taxminan 70 250 kişini taşkil qildi.
Bundan taşqari, Rossiya 2659 ta tank, 5401 ta zirhli jangovar maşinalar 1708 ta artilleriya tizimlari va 380 ta yalpi öt oçiş reaktiv tizimlaridan mahrum bölgan.













